Amaliy mashg’ulot №9 mavzu: sog’lig’ining holatida nuqsoni bo’lgan o’quvchilar jismoniy tarbiyasi maxsus tibbiy guruhiga kiritilgan o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilish


Download 12.89 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi12.89 Kb.
#1160081
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOT № 9


AMALIY MASHG’ULOT № 9
MAVZU: SOG’LIG’INING HOLATIDA NUQSONI BO’LGAN O’QUVCHILAR JISMONIY TARBIYASI
Maxsus tibbiy guruhiga kiritilgan o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilish
Sog‘ligining holati bo‘yicha maxsus tibbiy guruhga kiritilgan o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- sog‘likni mustahkamlash, to‘g‘ri jismoniy rivojlantirish va organizmni chiniqtirishga ko‘maklashish;
- kasalliklar va shikastlanishlar natijasida zaiflashgan organlar va tizimlarning funksional saviyasini oshirish;
- jismoniy va aqliy ish qobiliyatlarini oshirish;
- organizmning immunologik reaktivligini va shamolash kasalliklariga qarshiligini oshirish;
- to‘g‘ri qaddi-qomatni shakllantirish, agar zarur bo‘lsa uni tuzatish;
- ratsional nafas olishni o‘rgatish; asosiy harakat ko‘nikmalari va malakalarni o‘zlashtirish;
- jismoniy madaniyat bilan mustaqil shug‘ullanish ishtyoqini tarbiyalash va ularni o‘quvchilar kun tartibiga tadbiq qilish.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun davolovchi jismoniy mdaniyat mashg‘ulotlari tashkil qilinadi (DJM). Mashg‘ulotning muayyan dasturi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va davolovchi vrach bilan birgalikda tuziladi. Maxsus tibbiy guruhga kiritilgan o‘quvchilar kasalligi xarakteriga bog‘liq ravishda quyi guruhlarga ajratish tavsiya qilinadi:
- yurak, yuqori nafas olish yo‘llari, o‘pka kasalliklari;
- ko‘z refraksiyasi anomaliyasi;
- semirish;
- oshqozon-me’da kasalliklari.
Maxsus tibbiy guruhi o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilib o‘tkazish sog‘lom bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga nisbatan ancha murakkab. Maxsus tibbiy guruhlarni yangi o‘quv yilidan oldin butlash o‘quvchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari, tibbiy ko‘rik ma’lumotlari bo‘yicha funksional holati hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak. Har bir guruhda o‘quvchilar soni 10-15 nafar. Bolalar guruhi tibbiy guruh tashxisi ko‘rsatilib, maktab vrachi tomonidan qayd qilinib, bolalar poliklinikasi muhri bilan maktab direktorlariga taqdim etiladi. Oxirgisi maxsus tibbiy guruhlari tashkil etilganligi to‘g‘risida maktab bo‘yicha buyruqni rasmiylashtirishi kerak. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tibbiy xodimlar bilan birga o‘quvchilarga tibbiy kartalarni rasmiylashtiradi. Kartada tibbiy ko‘rik natijalari, tashxis, vrach va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tavsiyalari ifodalanadi.
Maxsus tibbiy guruhga kiritilgan o‘quvchilar kasallanishlari og‘irligi va xarakteriga muvofiq, ularga harakat rejimlarini belgilashda tabaqalashtirib yondashish maqsadida A va B quyi guruhlariga ajratish tavsiya qilinadi. A quyi guruhiga jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jiddiy chegaralashni talab qiladigan, sog‘ligining holatida doimiy yoki vaqtinchalik xarakterdagi o‘zgarishlar yuz bergan o‘quvchilar kiritiladi. B quyi guruhiga organlari va tizimlarida asl holiga kela olmaydigan organik o‘zgarishlar yuz bergan o‘quvchilar (yurak-qontomir, siydik ayirish tizimlari, jigar zararlanishlari va boshqalar) kiritiladi.
Download 12.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling