Maxsus transformatorlar ko‘p chulg‘amli transformatorlar
Download 57.44 Kb.
|
Махсус трансформаторлар кўп чулғамли трансформаторлар uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtotransformatorlar
maxsus transformatorlar ko‘p chulg‘amli transformatorlarReja: Avtotransformatorlar. To‘g‘rilagich qurilmalari uchun transformatorlar. Uch chulg‘amli transformatorlar. payvandlash transformatorlari. AvtotransformatorlarKuch transformatorlarida past kuchlanishli chulg‘am bilan yuqori kuchlanishli chulg‘amlar o‘rtasida faqat elektromagnit bog‘lanish mavjud. Avtotransformatorlar deb past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli chulg‘amlari orasida magnit bog‘lanishdan tashqari elektr bog‘lanishlar ham mavjud bo‘lgan transformatorlarga aytiladi. Avtotransformatorlarning birlamchi chulg‘amlari past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli manbalariga ulanishi mumkin (27-rasm). Ikkala holda ham Uyu=Up+U2 (9-1) Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin 27-rasm. Bir fazali avtotransformatorning sxemasi Avtotransformatorlardan kuchlanishni oshirish va pasaytirish maqsadlarida foydalanish mumkin. Avtotransformatorlarda elektr yurituvchi kuch va toklar umumiy holdagi transformatorlarga o‘xshash nisbatlarda bo‘ladi. (9-2) bu yerda Kat –avtotransformatorning transformatsiyalash koeffitsiyenti. Avtotransformatorlarda ikki xil quvvat hisoblanadi: ichki quvvat yoki hisoblangan quvvat Si=E1I1=E2I2 (9-3) va tashqi (o‘tuvchi) quvvat St =UpIp=UyuIyu (9-4) Birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga magnit maydon yordamida uzatiladigan quvvatga avtotransformatorning ichki quvvati deb ataladi. Si Keyingi paytlarda avtotransformatorlardan yuqori kuchlanishli (110, 154, 220, 500kV) elektr tarmoqlarni bir-biriga ulashda qo‘llanilmoqda. Uch fazali avto-transformatorlarning chulg‘amlari yulduz shaklida ulanib, magnit oqim tarkibidagi uchinchi garmonikani yo‘qotish uchun shu garmonikaning quvvatiga nisbatan hisoblangan uchinchi chulg‘am magnit o‘zakka o‘rnatiladi. Avtotransformatorlarda chulg‘amlarni uchburchak sxemada ulash kam qo‘llaniladi. Bu trans-formatorlardagi quvvat isroflari va qisqa tutashuv kuchlanishlari kuch transformatorlarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Agar quvvat isroflarini va qisqa tutashuv kuchlanishlarini avtotransformatorning «o‘tish» quvvatiga nisbatan hisoblansa, bu kattaliklar kuch transformatorlariga nisbatan St/Si marta kichik bo‘ladi. Shuning uchun elektr energiyani uzatishda ko‘llanilgan avtotransformatorlarning foydali ish koe-ffitsiyentlari ortib ketadi, kuchlanishning pasayishi esa kamayadi. Avtotransformatorlar asosan kuchlanishi uncha ko‘p o‘zgartirilmaydigan dvigatellarni yurgizib yuborishda kuch-lanishni pasaytiruvchi element sifatida qo‘llaniladi. Chulg‘amlar orasida elektrik bog‘lanish mavjud bo‘lganligi uchun past kuchlanishli chulg‘am va unga ulangan apparatlarni himoyalovchi materiallari yuqori kuchlanishli chulg‘am kuch-lanishiga nisbatan hisoblangan bo‘lishi shart. Avtotransformatorlarning nominal yuklanish rejimi deb chulg‘amlarni zavod shitokida ko‘rsatilgan nominal tok bilan ikki minutli yuklanishiga aytiladi. Avtotransformator chulg‘amlarining harorati 135S dan oshmasligi shart. Avtotransformatorlarning f.i.k. lari i 99.7% ga yetib boradi. Download 57.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling