May(2017)-ichki-a


Download 42.39 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi42.39 Kb.
#1205972
Bog'liq
FIZIKA-A


MAY(2017)-ICHKI-A

1. “1 metr” ga berilgan to`g`ri ta’rifni toping.


A) 1 metr deb yorug`lik nurining 1/299373 soniyada bosib o`tgan masofasiga teng bo`lgan uzunlik miqdoriga aytiladi
B) 1 metr deb 1 kilometr uzunlik miqdorining 1/1000 qismiga teng bo`lgan uzunlik miqdoriga aytiladi
C) 1 metr deb normal sog`lom odamning 0,76 soniyada bosib o`tadigan masofasiga teng bo`lgan uzunlik miqdoriga aytiladi
D) 1 metr deb katetlarining uzunligi metr bo`lgan to`g`ri burchakli uchburchak gipotenuzasining uzunligiga teng bo`lgan uzunlik miqdoriga aytiladi

2. Quyidagi kuchlardan qaysi biri 3 N va 6 N kuchlarning yig`indisi bo`la olmaydi?


A) 4 N B) 6,5 N
C) 11 N D) 3,2 N

3. Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring:


To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlik vektorining ……….
A) moduli va yo‘nalishi o‘zgarmas saqlanadi
B) moduli tekis oshib, yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi
C) moduli tekis kamayib, yo‘nalishi o‘zgarmaydi
D) moduli va yo‘nalishi o‘zgarib turadi

4. Jism avval boshlang‘ich tezliksiz a tezlanish bilan t vaqt, so‘ngra 2a tezlanish bilan 2t vaqt va a tezlanish bilan 3t vaqt harakatlanadi. Jismning umumiy bosib o‘tgan yo‘lini toping.


A) 22,5 at2 B) 26 at2
C) 10,5 at2 D) 17 at2

5. Biror balandlikdan erkin tushayotgan jism g=10 m/s2 tezlanish bilan harakatlanadi. Shu gapni izohlang.


A) erkin tushaytgan jismning bosib o`tayotgan yo`li har sekundda 10 m ga ortib boradi
B) erkin tushayotgan jism tezlanishining qiymati har sekundda 10 m/s2 ga ortib boradi
C) erkin tushayotgan jismning tezligi har sekundda 10 m/s ga ortib boradi
D) erkin tushayotgan jismning tezligi har sekundda 10 m/s ga kamayib boradi

6. Davr deb … ga aytiladi.


A) jismning 1 sekund ichidagi aylanishlar soni
B) jism 1 sekund ichida buriladigan burchagi
C) jism 1 sekund ichida bosib o`tadigan yoyning uzunligi
D) jismning bir marta to`liq aylanib chiqishi uchun sarflangan vaqt
7. Quyidagi birliklardan qaysi biri kuchning birligi bo`la oladi?
A) N∙s B) kg∙m/s2
C) kg∙s/m2 D) m∙s2/kg

8. Qiyalik burchagi α bo`lgan tekislik ustida m massali jismni tinch holatda ushlab turish uchun yuqoriga yo`nalgan va shu qiya tekislikka parallel bo`lgan qanday kuch qo`yish kerak?


(µ–jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti).
A) mg∙sinα B) mg∙cosα∙µ
C) mg(sinα–cosα∙µ) D) mg(sinα+cosα∙µ)

9. Qaysi fizik kattalik g/(GS) ifoda orqali aniqlanadi?


(g–erkin tushish tezlanishi; G–gravitatsion doimiy; S–masofa).
A) tezlik B) zichlik
C) chastota D) kuch

10. “Kuchning yelkasi” deganda nima tushuniladi?


A) hech narsa tushunilmaydi, bunday narsa yo`q
B) aylanish o`qiga ega bo`lgan va kuch ta’sir etayotgan jismning kengligi
C) aylanish o`qiga ega bo`lgan jismga ta’sir etayotgan kuch qo`yilgan nuqtadan jismning ixtiyoriy bitta uchi yoki tomonigacha bo`lgan masofa
D) aylanish o`qiga ega bo`lgan jismga ta’sir etayotgan kuch qo`yilgan nuqtadan aylanish o`qigacha bo`lgan masofa

11. Jismning qanday agregat holatida u o`ziga berilayotgan bosimni ta’sir etayotgan kuch yo`nalishidagina uzatadi?


A) faqat qattiq B) faqat suyuq
C) faqat gaz D) suyuq va gaz

12. Ko‘ldagi suv ostidan ko‘tarilayotgan havo pufakchasiga ta’sir etuvchi kuchlarning o‘zaro munosabati qanday bo‘lganida, uning harakati tekis harakat bo‘ladi?


A) pufakchaning og‘irlik kuchi siqib chiqaruvchi kuchga teng bo‘lganida
B) og‘irlik va harakatga qarshilik kuchlari yig‘indisi son jihatidan siqib chiqaruvchi kuchiga teng bo‘lganida
C) og‘irlik va siqib chiqaruvchi kuchlar yig‘indisi qarshilik kuchiga teng bo‘lganida
D) og‘irlik va tinchlikdagi ishqalanish kuchlari yig‘indisi son jihatdan siqib chiqaaruvchi kuchga teng bo‘lganida
13. Dinamometrga osilgan m massali yuk vertikal bo‘ylab a tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikriligi K bo‘lsa, bu prujina qancha uzayadi?
A) B)
C) D)

14. Agar jismning tezligi 2 marta ortib, massasi 4 marta kamaysa, uning impulsi qanday o`zgaradi?


A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) o`zgarmaydi D) 4 marta ortadi

15. Agar m massali sharcha VO boshlang‘ich tezlik bilan yer sirtidan yuqoriga vertikal otilgan bo‘lsa, qanday balandlikda uning kinetik va potensial energiyalari o‘zaro tenglashadi?


A) eng yuqori ko‘tarilish nuqtasida
B) ko‘tarilish balandligining yarmida
C) bunday bo‘lishi mumkin emas
D) ko‘tarilish balandligining 3/4 qismida

16. Qaysi kuch ta’sirida matematik mayatnik tebranadi?


A) qarshilik kuchi B) elastiklik kuchi
C) ishqalanish kuchi D) og`irlik kuchi

17. Berilgan jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring.


Jismni tebranma harakatga keltiruvchi kuchning…
A) miqdori va yo‘nalishi davriy ravishda o‘zgaradi
B) miqdori o‘zgarib, yo‘nalishi o‘zgarmaydi
C) yo‘nalishi o‘zgarib, miqdori o‘zgarmaydi
D) miqdori va yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi

18. Tovush tezligi quyida sanab o‘tilgan omillarning qaysi biri bilan aniqlanadi?


A) tovush manbaining xossalari bilan
B) to‘lqin amplitudasi bilan
C) muhitning xossalari bilan
D) tebranishlar chastotasi bilan

19. “Broun harakati” deyilganda nima tushuniladi?


A) suyuqlik molekulalarining issiqlik harakati
B) suyuqlikka solingan qattiq jism zarralarining suyuqlik molekulalari ta’siridagi harakati
C) suyuqlik molekulalarining unga solingan mayda zarralar ta’siridagi harakati
D) suyuqlikka solingan qattiq jism zarralarining o‘zaro ta’sirlashuvlari natijasida yuzaga keladigan harakati

20. Agar gaz molekulalarining konsentratsiyasi 4 marta ortib, o‘rtacha kvadratik tezligi 4 marta kamaysa, gaz bosimi qanday o‘zgaradi?


A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) 4 marta ortadi

21. Ideal gazning mutlaq harorati 3 marta ko‘tarilganda uning bosimi 50% ga ortgan bo‘lsa, uning hajmi qanday o‘zgargan?


A) 2 marta ortgan
B) 3 marta ortgan
C) 2 marta kamaygan
D) 3 marta kamaygan

22. Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring.


Izobarik jarayonda………
A) V va T o‘zgaradi, P o‘zgarmaydi
B) P va T o‘zgaradi, V o‘zgarmaydi
C) P va V o‘zgaradi, T o‘zgarmaydi
D) P, V va T o‘zgaradi va tashqi muhit bilan issiqlik almashinish bo‘lmaydi

23. Val minutiga 3000 marta aylanadi. Bunda unga birlashtirilgan to‘rt taktli dvigatelning har bir silindrida yonuvchi aralashma bir sekundda necha marta portlaydi?


A) 50 marta B) 40 marta
C) 30 marta D) 25 marta

24. Rasmda suv temperaturasining vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi keltirilgan. Bu grafikning M–N qismi qanday jarayonga mos keladi?





A) qaynash B) kondensatsiya


C) isish D) bug‘lanish

25. Quyida bayon etilgan fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?


A) nurlanish – issiqlik uzatish usullaridan biridir
B) issiqlik mashinasidagi ishchi jism ideal gaz bo‘lsa, mashinaning FIK i isitgich va sovutkich haroratlarining farqiga bog‘liq bo‘ladi
C) bug‘ trubinalarida qizdirilgan bug‘ning ichki energiyasidan foydalaniladi
D) issiqlik mashinalarida barcha ichki energiya mexanik ishga aylanadi
26. To‘yingan bug‘ bosimining bug‘ hajmiga bog‘lanishi qanday?
A) hajmga to‘g‘ri mutanosib
B) hajmga teskari mutanosib
C) hajmga bog‘liq emas
D) hajmning kvadratiga to‘g‘ri mutanosib

27. +2q elektr zaryadga ega bo`lgan tomchidan –q zaryadli tomchi ajraldi. Qolgan tomchining zaryadi qancha?


A) –3q B) –q
C) +3q D) +2q

28. Zaryadining sirt zichligi σ bo`lgan sferik sirtdan uning radiusiga teng masofadai elektr maydon kuchlanganligi nimaga teng?


A) B)
C) D)

29. Diametrlari teng, massalari teng bo`lmagan ikkita metall shar bir xil ishorali har xil miqdordagi zaryadga ega. Ular bir–biriga tekkizilib, qayta ajratilgach, sharlarda zaryad qanday taqsimlanadi?


A) sharlardagi zaryadlar tenglashadi
B) har bir shardagi zaryad avvalgicha qoladi
C) sharlar zaryadsizlanib qoladi
D) massasi katta bo`lgan shar ko`proq zaryadga ega bo`ladi

30. Zaryadlangan kondensator qoplamalari sim bilan tutashtirilib, zaryadsizlantirildi. Zaryadsizlangandan so`ng, qoplamalarning massasi qanday o`zgaradi?


A) har ikkala qoplamaning massasi ortadi
B) manfiy zaryadlangan qoplamaning massasi ortib, musbat zaryadlangan qoplamaning massasi kamayadi
C) har ikkala qoplamaning massasi o`zgarishsiz qoladi
D) musbat zaryadlangan qoplamaning massasi ortib, manfiy zaryadlangan qoplamaning massasi kamayadi

31. Induktiv g`altakda hosil bo`layotgan magnit maydon energiyasini 4 marta orttirish uchun undan o`tayotgan tok kuchini necha marta orttirish kerak?


A) 4 marta B) 2 marta
C) 1,41 marta D) 2,8 marta

32. Elektronning massasi tinch holatdagi massasidan 3 marta katta bo‘lishi uchun uning tezligi qanday bo‘lishi kerak?


A) 2,4∙108 m/s B) 2,83∙108 m/s
C) 1,86∙108 m/s D) 7,5∙107 m/s

33. 2 ta alohida manbadan kuchlanganliklari E1=Eosinωt va E2=Eosin(ωt+π/2) bo`lgan elektromagnit to`lqinlar tarqalmoqda. Ular uchrashgan nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligining moduli qanday bo`ladi?


A) Eo B) 1,73 Eo
C) 1,4 E­o D) 0

34. Prujina muvozanat holatidan 5 sm ga cho`zildi. Keyingi safar muvozanat holatidan 5 sm ga siqildi. Quyidagi firklardan qaysi biri to`g`ri?


A) prujinaning massasi u siqilganda ko`proq ortadi
B) prujinaning massasi u cho`zilganda ko`proq ortadi
C) ikkala holda ham prujinaning massasi bir xilda ortadi
D) ikkala holda ham prujinaning massasi o`zgarmaydi

35. Qaysi rasmda nurlarning prizmadan o‘tishidagi yo‘li to‘g‘ri ko‘rsatilgan?







A) 1–rasmda B) 2–rasmda
C) 3–rasmda D) 4–rasmda


36. Induksiyasi 0,4 Ts bo‘lgan bir jinsli magnit maydonga yuzasi 400 sm2 bo‘lgan ramka shunday joylashtirilganki, ramkaga o‘tkazilgan normal induksiya chiziqlariga tik joylashadi. Ramkaga 20 mN∙m aylantiruvchi moment ta’sir qilishi uchun, tok kuchi qanday bo‘lishi kerak?
A) 5 A B) 1,25 A
C) 7,5 A D) 2,5 A






0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

0































1































2































3































A–9 B–9 C–9 D–9

Download 42.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling