Maydon usuli


Download 42.02 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi42.02 Kb.
#1027622
Bog'liq
Ergashev 8-mavzu

Maydon usuli

Ergashev Umidjon

Reja:

Maydon usulining tekshirish usuli

  • Tabiiy kimyoviy birikmalar bo‘lmish minerallar tarkibini to‘liq va batafsil aniqlash kerak bo‘lgan holatda ko‘pincha quyidagi: rentgenometrik, termik, spektral, kimyoviy tahlil, luminessent taxlil, shlix taxlili, elektron mikroskopda tekshirish, eksperimental tadqiqotlar usullari qo‘llaniladi.

Rentgenometrik tahlil

  • 1895-yili nemis fizigi Rentgen ichiga ikkita elektrod kavsharlangan shisha naychadan havoni 10–5 mm simob ustuni bosimigacha haydab chiqarib, undan elektr toki o‘tkazilganda, elektrodlarda o‘ziga xos ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar chiqishini aniqlaydi. Bu nurlar keyinchalik «rentgen nurlari» deb ataldi. To‘lqin uzunligi 10–2–102 Ǻ bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar rentgen nurlari deyiladi. Rentgen nurlari turli asboblarda olinadi. Lekin ularning hammasida nur olish bir xil prinsipga, ya’ni qatorga yuqori kuchlanish berilganda o‘zidan elektronlar chiqarishi va bu elektronlar harakati yo‘nalishida joylashgan, qarama-qarshi qutblangan elektrodga urilishi natijasida antiqatordan juda katta tezlikda zarrachalar otilib chiqishiga asoslangan.

Debay usuli

  • Shunday muhim afzalliklarga egaki, u mineral massalarni shu bilan birga yashirin kristallangan va mayin dispers moddalarni ham o‘rganishga imkon beradi. Shuning uchun ham mineraloglar ishida minerallarni aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odatda «debaegramma» deb aytiladigan rentgenogramma maxsus kamerada yorug‘lik sezuvchi plyonkaga tushirib olinadi. Shu plyonka ishlanganidan keyin unda to‘q-ochligi turli bo‘lgan chiziqlar-yoychalar ko‘rinadi (tekshirilayotgan modda kukuni bo‘laklarining zichroq joylashgan tekisliklaridan qaytgan rentgen nuri konuslari bilan hosil qilingan halqalarning qismi). Olingan debaegrammani tashqi ko‘rinishidan tekshirilayotgan moddaga o‘xshab ketadigan tekshirib ko‘rilgan boshqa moddalar debaegrammasi bilan taqqoslab (chiziqlarning to‘qochligiga va tekisliklar orasidagi hisoblab chiqilgan masofaga qarab) berilgan mineralni aniq bilish mumkin.

Termik tahlil

  • Amaliy ish uchun rus akademik olimi N.S.Kurnakov tomonidan kiritilgan bo‘lib, u haroratning ko‘tarilishi bilan o‘sha tekshirilayotgan mineralda yuz beradigan o‘zgarishlarga fizik va kimyoviy almashinishlarga (suvning ajralishi, oksidlanishi, qaytarilishi, boshqa polimorf turiga o‘tish va h.k.) bog‘liq bo‘lgan endo- va ekzotermik effektlarni bilish maqsadida moddalarning qizdirish (yoki sovitish) egri chiziqlarini olishdan iboratdir.

Kimyoviy tahlil – bu asosiy tekshirish usulidir.

  • Kimyoviy tahlil uchun tayyorlangan material ilgari spektral tahlil qilinmagan bo‘lsa, avval shunday taxlil qilinishi kerak. To‘liq kimyoviy tahlildan og‘irlik foizi hisobida olingan ma’lumotlarni mineralning kimyoviy formulasini ishlab chiqish uchun atom (molekulyar) miqdoriga aylantirib hisoblab chiqish kerak. Shu maqsadda har qaysi elementning (oksidning) og‘irlik miqdori atom og‘irligiga (oksidning «molekulyar» og‘irligiga) bo‘linadi. Olingan son mineral tarkibiga kiruvchi shu elementlarning (oksidlarning) qanday nisbatda bo‘lganligini ko‘rsatishi lozim. Shuni uqtirib o‘tish kerakki, komponentlar (elementlar)ning kimyoviy tahlillardan olingan ma’lumotlardan hisoblab chiqilgan nisbati o‘sha tahlillarning etarli darajada juda aniq bo‘lmasligidan yoki boshqa sabablarga ko‘ra hech vaqt butun sonlar nisbatida bo‘lmaydi. Buni ko‘rsatish uchun ikkita misol keltiramiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • https://library.tdtuof.uz/storage/web/source/1/e1lUSd6JOmSF1sdB3mfzPIrN0bNwajx-.pdf
  • https://aim.uz/referaty/57-khimiya/31701-minerallarni-tekshirish-usullari.html

Download 42.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling