Men orzu qilishni, yangi narsalarni ixtiro qilishni yaxshi ko’raman. Men kelajakdagi loyihalar uchun yashayman — N
3. Muhim qarorga kelishingiz kerak bo’lganda ko’proq qanday qilib bir qarorga kelasiz?
Men boshim bilan o’ylashga harakat qilaman. Bunday savollarni hal qilishda mantiq muhim ahamiyatga ega — T
Men yuragimga quloq solaman. Agar his-tuyg’ularingizni qanday tinglashni bilsangiz, unda siz to’g’ri qarorlarni qabul qilasiz — F
4. Agar biror narsani rejalashtirganingizda (masalan, do’stingizning tug’ilgan kuni), siz (quyidagi javoblardan o’zingizga to’g’ri keladiganini tanlang):
Tafsilotlarni oldindan o’ylab, menga aniq reja kerak — J
Men vaziyatga qarab yo’l tutishni afzal ko’raman. O’ta og’ir sharoitlarda menga eng yaxshi g’oyalar keladi — P
Tayyormisiz? Mayers-Briggs testi bo’yicha tanlagan xarflaringizning ma’nosi:
E — ekstrovert
I — introvert
S — sog’lom fikr
N — sezgi
T — fikrlash
F — hissiyot
J — hukm
P — idrok
Mayers-Briggs testi tasnifi:
Qisqa so’rovnomamizni topshirish natijasida sizda 4 ta harfli kombinatsiya vujudga keladi. Aynan u sizning shaxsingiz turini sizga aytib beradi. Xarflar rasshifrovkasini quyida keltiramiz. Agar o’qiganingizdan so’ng, ko’rsatilgan shaxsiyat sizga umuman mos kelmasligini his qilsangiz, ehtimol savollardan biriga javob berayotib, qanday javibni tanlashni bilmay qoldingizmi? O’sha savolga qaytib, to’g’riroq javobni tanlang — va siz yangi kombinatsiyani olasiz. Bu safar natija yaxshi bo’lishiga aminmiz.
Mayers-Briggs testi javoblari:
ISTJ — inspektor
Ushbu turdagi shaxslar har narsada tartibni yaxshi ko’radilar va har qanday, hatto ahamiyatsiz masalalarni chuqur o’rganishga harakat qilishadi. Shu bilan birga, ular hech narsani ishonch bilan qabul qilmaydilar — har qanday ma’lumotni tahlil qiladilar, qo’shimcha ma’lumot to’playdilar. Ular har bir narsalarga real qaraydilar, shuning uchun ular boshlagan ishlarini oxiriga yetkazishlariga amin bo’lsalargina biron bir ishni boshlashadi. Siz bunday odamlarga ishonishingiz mumkin, ammo ular ish davomida qisqa aloqalarni afzal ko’rishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |