Mayyalar va Rus kalendarlari tarixi


Download 43 Kb.
bet1/2
Sana23.10.2023
Hajmi43 Kb.
#1717439
  1   2
Bog'liq
Mayyalar va Rus kalendarlari tarixi


Mayyalar va Rus kalendarlari tarixi


Reja:



  1. Mayyalar kalendari

  2. Qadimgi rusda vaqt hisobi.

  3. Rossiyada Yulyan kalendarlarining qabul qilinishi

  4. Rus o’lchov birliklari.

Rusda qachon va qayerda birinchi kalendar paydo bo’lganligi to’g’risida tarixiy ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Kiyev Rusi davridagi yozma manbalar ham urush va yong’inlar tufayli yo’qolib ketgan. Qadimgi yozma yodgorliklarda "Ostramirova evangelie"(1057 yil) kalendar tarixiga yorug’lik kiritib unda qadimgi slavyancha oy nomlari uchrashi va bfeuscha tilda saqlanib qolgan. Kiyevdagi Pechora cherkovi monaxi Nestorning "O’tmish yillar qissasi" kitobi ham shular jumlasidandir.(l 113y)
Rusda birinchi marta ho’jalik ishlarini tartibga tushurish Svyatoslavning "To’plamida" keltirilgan (1076y).
1828- yilda birinchi marta qadimgi Novgorodning Antoneyvich cherkovi hori rahbari Kirik (1110 y.tug’ilgan) ishi nashr etiladi. Kirik ishi orqali "Dunyoning paydo bo’lishidan" 1136 -yilgacha bo’lgan yil,oy va kunlarni aniqlashi mumkin.
1889 -yil arxeologlar Kiyev viloyatining Ramashka qishlog’idan eramizning III-IV asrlariga oid ko’za topishib unda turli belgilar bo’lib, uni haqiqiy kalendar deb hisoblashmoqda.
Uzoq o’tmishda boshqa joylarda bo’lgani kabi rusda ham taxta kalendardan foydalanishgan. hatto Rossiya guberniyalarida bunday kalendar XIX asr oxirlarigacha ham saqlanib qolgan. X asr oxirlarida (988 y). Qadimgi Rus xristianlikni qabul qilib shu bilan Vizantiya imperiyasidagi vaqt hisobi "Dunyoning paydo bo’lishi" ya’ni er.avv. 5508 yil qabul qilinib yil boshlanishi 1-martdan belgilandi. Shu vaqtdan Rusda 12 oylik Yuliy kalendarlari qo’llanildi. 1492-yildan yangi yil Rusda cherkov kalendarlarida 1-sentabrdan nishonlandi. Yangi kalendar islohoti Pyotr I davrida 7208-yil 20-dekabrda (1700 yildan Yuliy kalendarlaridan) boshlandi. 1699-yildan Moskvada birinchi kalendar nashr etildi. Rossiyada ommaviy fuqarolar kalendarlarini chop etish XVIIT-asr boshlariga to’g’ri keladi. pyotr I ning o’zi bevosita bu ishlarda ishtiroq etgan. Chop etilgan kalendarda dunyoning paydo bo’lishidan (7217yil). Moskva 1708 yil 28-dekabrda qayt etilgan. Kalendarda astronomic ma’lumotlar va boshqa takliflar qayd etilgan. Kalendar chop etish takomillashib bordi. 1728-yildan keyin kalendar chiqarish huquqi Rossiya Akademiyasiga berildi. 1865-yildan hususiy Tashkilotlar ham kalendar chop etishdi. 1780-yilda taniqli ma’rifatparvar N.I.NoviKov (1744-1818 y) tashabbusi bilan "Shahar va qishloq aholisiga ko’rsatmali iqtisodiy kalendar" chop etildi.XIX asr oxirlaridan kitob nashr etuvchi I.D.Sitin (1851-1934y) yirtma kalendar chiqardi. Keyinchalik Sitin o’qtuvchilar, tarixiy, ovchilar, mahkama, xotin-qizlar, bolalar, harbiylar va boshqa kalendarlar chop etdi.1830 yil Peterburg F.A Rossiyada Grigoriy kalendarlarinmi joriy etishni taklif etdi.Bu keng ma’qullanmadi.
1899 -yilda Rus astramonlar jamiyati kalendar islohoti bo’yicha komissiya tuzdi. Bu ishga olim D.I.Mendeliyev asosiy rol o’ynadi.Professor I.G.Medler loyihasi ancha aniq edi. Boshqa takliflar ham bo’ldi.Biroq islohot uchun vaqt yetilmagan edi.
1918-yil 24-yanvarda RSFSR XKS dekreti bilan 1918-yilning fevralidan G’arbiy Yevropa kalendarlariga o’tildi. Rus, Ukrain, Bdarus, Bolgar, Chex, Serb, Horvat, Polyaklarda hafta kunlarining nomlari diniy urf odatlar bilan bo’g’liqdir.Qadimgi Rossiyada kunlarning hozirgi nomi Bolgariyadan kelgan. Xristian diniga e’tiqod qiluvchi kishilar yetti kunlik hafta olti kun davomida olamni yaratish ustida mehnat qilgan va yetti kun dam olgan xudo tomonidan belgilangan deb ishonishadi. Muqaddas kitob Bibliyada shanba kuni hech qanday ish qilmaslik faqat xudoga bu kunni bag’’ishlash aytiladi.Eramizning II asrida Rim Imperatori Andrian shanba kunini bayram sifatida nishonlashni ta’qiqlaydi. 324-yilda esa Imperator Konstantin davlat bayrami sifatida qonunlashtiradi. Bu vaqtgacha ham xristianlar o’z bayramlarini shanbadan yakshanbaga Iso payg’ambarning qayta tirilganligi sifatida nishonlar edilar. 1864 yilda I.Medler ( Derpit shahri, hozirgi Estoniyaning Tartu shahari) taklif etgan hamda 1899-yiIda Rossiya astonomik jamiyatining maxsus komissiyasi tavsiya qilgan loyiha yanada aniqroq va soddaroqdir. Bu loyihaga muvofiq har 128 yilda bitta kabisani tashlab ketish talab qilingan.Bunda 86,4 ming yil rfayomidagina lsutka tafovut hosil bo’lgan, 1923-yilda Yugaslaviya astronomi Milankovech "Yangi Yuliy" loyihasini taklif etdi. Bu kalendar Grigoriy kalendarlarida qaraganda aniqroqdir.Unda astronomik vaqtga nisbatan 1 sutkalik tafovut 43,2 ming yil davomida to’planadi.Ammo unda kabisa yillar tizimi murakkabroqdir. Har 900 yilda 7 ta kabisa yili chiqarib tashlanadi. 1920-30 yillardayoq Jenevadagi millatlar ligasi huzurida kalendar islohotini tayyorlash qumitalari tuzilgan. 2-jahon urushi tufayli bu ish to’xtab qolgan. 1353-yilda Xindiston yangi isloh lohyihasi bilan chiqdi.BMT ning iqtisodiy va sotsial kengashi hafta kunlari oy, kunlari bo’yicha ko’chib yurishni hamda haftalarning kvartallari o’rtasida bo’linib ketishini istisno qiluvchi doimiy kalendar loyihasini 1934-yilda ma’qulladi. Har bir kvartalda oylar o’rtasida bo’linmaydigan 13 tadan 7 kunlik hafta va yil oxirida 31-dekabr o’rniga qo’shimcha bayram tinchlik kunini joriy etish belgilandi. Loyihaga muofiq yilning olti oyig’a o’zgarish kiritish: Fevralga 2 kun, aprelda 1 kun qo’shish mart, may, avgust va dekabr oylaridan har biridan bir kunni olib tashlash talab qilindi.Shunda 4oyda 31 kundan 8 oyga 30 kundan bo’ladi. Kabisa kunini 29 fevraldan 31 iyun bilan 1 iyul oralig’iga ko’chirish sanasiz tarzda mo’ljallanadi va bayram kuni deb e’lon qilinadi. Bu loyiha qabul qilinmadi va 1956-yildan boshlab BMT da kalendar islohoti to’xtab qoldi.

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling