Mazkur holat yuzasidan: Tadbirkorlik faoliyatini, uning o`ziga xos elementlarini yoritgan holda, ilmiy-huquqiy tahlil qilib bering Tadbirkorlikni davlat ro`yxatidan o`tkazishning ahamiyati nimada?


-moddasida Tadbirkorlik faoliyati


Download 30.37 Kb.
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi30.37 Kb.
#1433300
1   2   3   4   5
-moddasida Tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga to’xtalib o’tilgan. Unga ko’ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir deya qayd etilgan. Tadbirkorlik subyekti haqida esa shu qonunning 4- moddasida aytib o’tilgan. Ya’ni tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Bu o’rinda bizga ma’lum bo’lyaptiki, tadbirkorlik faoliyatining o’ziga xos elementi bu tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan subyekt 1. Belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tgan bo’lishi 2. Shu faoliyatni amalga oshirayotgan bo’lishi kerak.
Qonunning 8-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari bayon etilgan. Unga ko’ra:

  • qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;

  • yuridik shaxs bo‘lgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishga;

  • mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga;

  • o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga;

  • kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini hamda o‘zga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga haqli ekanligi takidlab o’tilgan. Huquqlar bilan birgalikda o’z faoliyatini olib borayotgan har qanday tadbirkorlik subyekti qonunda belgilab qo’yilgan majburiyatlarga ham ega bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan kelib chiqadigan majburiyatlar qonunning 9-moddasida ifoda etilgan. Bular:

      • qonunda belgilangan tartibga ko’ra davlat ro’yhatidan o’tishi;

      • o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;

      • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi;

      • mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;

      • raqobat to‘g‘risidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin. Bu majburiyatlardan eng muhimi esa
        Download 30.37 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling