Mazkur holat yuzasidan: Tadbirkorlik faoliyatini, uning o`ziga xos elementlarini yoritgan holda, ilmiy-huquqiy tahlil qilib bering Tadbirkorlikni davlat ro`yxatidan o`tkazishning ahamiyati nimada?


Download 13.29 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi13.29 Kb.
#1433298
Bog'liq
2-variant kazusi


2-variant
Usta hunarmand Jamilov Oybek 4 yildan buyon o`z uyida yog`ochdan nafaqat o`z ro`zg`ori uchun balki xalq ehtiyojlari uchun ham buyumlar yasab, sotib keladi. Shu bilan birgalikda, Jamilov Oybekning qo`l ostida 4 ta shogirdi va bir nechta xodimlari ham bor bo`lib, ular ham birgalikda ushbu faoliyatni amalga oshirib keladilar.
Tegishli vakolatli organ tekshiruvi bilan, Jamilov Oybek shu vaqtga qadar o`z faoliyatini davlat ro`yxatidan o`tkazmay amalga oshirib kelayotganligi bois, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug`ullanib kelayotganligi ma’lum qilindi. Qolaversa, shogirdlar hamda xodimlar soni ham qonunchilik normalariga mos kelmagan tarzda jalb etilganligi aytib o`tildi. Ammo fuqaro holatga e’tiroz bildirib, olib borayotgan faoliyati tadbirkorlik hisoblanmasligini, o`zini o`zi band qilgan subyektlar faoliyati ekanligini, shu bois ham davlat ro`yxatidan o`tkazish majburiy emasligini aytdi, xodim yollash va shogird olishda mustaqil ekanligini ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan:
Tadbirkorlik faoliyatini, uning o`ziga xos elementlarini yoritgan holda, ilmiy-huquqiy tahlil qilib bering
Tadbirkorlikni davlat ro`yxatidan o`tkazishning ahamiyati nimada?
O`zini o`zi band qilgan subyektlar kimlar va ularning o`ziga xosliklari qanday? O`zini o`zi band qilgan shaxslar faoliyatini tadbirkorlik faoliyati deb baholay olamizmi? Huquqiy tahlil qilib bering
Kazusda berilgan holat bo`yicha, har ikki tomonning bildirgan e’tirozlari yuzasidan fikr-mulohaza yuriting, umumiy-huquqiy xulosa (yechim) bering, shaxsiy fikr hamda mulohazalaringizni keltirib o`ting

Izoh: Talaba keys tahlili davomida keltiradigan ilmiy-huquqiy manbalarining asosini havola orqali berishi lozim!
Download 13.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling