Mazkur o`quv dastur Urganch davlat universiteti kengashining 2023-yil " " dagi sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan


Download 0.66 Mb.
bet7/19
Sana05.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1692179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Nur terapiyasi va radiobiologiya Ishchi fan dastur (2)

JAMI:

22






SEMINAR MASHG‘ULOTLARI





Dars davomida qaraladigan asosiy mavzular.

Soat

Adabi-yotlar




1

Yadroviy nurlanishlar turlari va ularning asosiy xususiyatlari. Yadroviy nurlanishlarining tibbiyotda qo’llanilishi.

2

A(1-6) Q(1-5)

2

Nur terapiyasining asosiy xususiyatlari. Fotoeffekt. Kompton effekti. Elektron-pozitron juftining hosil bo’lishi.

2

A(1-6) Q(1-5)

3

Dozimetriya asoslari. Asosiy dozimetrik kattaliklar va o’lchov birliklar.

2

A(1-6) Q(1-5)

4

Onkologik kasalliklarning radiobiologik asoslari.

2

A(1-6) Q(1-5)

5

Tezlatgichlar va siklotronning ishlash prinspi.

2

A(1-6) Q(1-5)

6

Nur terapiyasi va uning qo’llanilish sohalari.

2

A(1-6) Q(1-5)

7

Nur terapiyasida qo’llaniladigan asosiy asboblar va qurulmalar.

2

A(1-6) Q(1-5)

8

Radiobiologiya va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

2

A(1-6) Q(1-5)

9

Tomograflar va ularning tibbiyotda qo’llanilishi.

2

A(1-6) Q(1-5)

10

Radionuklidlarni hosil qilish va ulardan tibbiyotda foydalanish.

2

A(1-6) Q(1-5)

11

Radionuklidlarning tabiiy manbalari. Tabiiy radiatsion fon.

2

A(1-6) Q(1-5)




JAMI:

22




MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI BAJARISH.
Mustaqil ishni tayyorlashda « Nur terapiyasi va radiobiologiya» fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda talabaga quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha yaratilgan uslubiy ishlanmadan foydalanish;

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallardan foydalangan holda fanning ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlardan foydalangan holda, fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • talabani fanning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qismlarini va mavzularini chuqur o‘rganish;

Talaba mustaqil ishining mazmuni quyidagilardan iborat:

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi;

  • axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanishi;

  • an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar bilan ishlashi;

  • elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashi;

  • internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishi;

  • berilgan topshiriq va vazifalarning ratsional yechimini topishi;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etishi;

  • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlashi;

  • topshiriq va vazifalarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;

  • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar иштирокида himoya qilish.

Talabaning mustaqil ishini nazorat qilish tartibi
-Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish kafedrada tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
-Talabalar mustaqil ishini nazorat va tahlil qilish fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
-Talaba mustaqil ishi uchun o‘quv rejada ajratilgan vaqtga mos ravishda har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi va kafedra majlisida tasdiqlanadi.
-Mustaqil ishni bajarish uchun har bir fan bo‘yicha talabalarga ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda tarqatma material sifatida fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga yetkaziladi
-Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:

    • o‘qish bosqichi, ya’ni talaba qaysi kursda o‘qiydi;

    • muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;

    • talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi;

    • fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;

    • talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.

Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi oddiydan- murakkabga qarab o‘zgarib borishi lozim. Ya’ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqillik darajasi asta-sekin oshib borishi lozim.
Har bir fan bo‘yicha talabaning mustaqil ishi soati o‘quv rejada ko‘rsatilgan bo‘lib, bu soatlar ishchi o‘quv dasturida mavzular bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi kerak. Mustaqil ta’limning har bir mavzusi mavzuni mohiyatini qamrab oluvchi kichik mavzular bilan yoritilishi va ularga tegishli adabiyotlar aynan ko‘rsatilishi tavsiya etiladi. Agar biror fan bir necha semestr davom etsa, mustaqil ish soatlari ham semestrlar bo‘yicha taqsimlanishi va bu o‘quv dasturida o‘z aksini topishi kerak.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling