Mazkur o`quv dastur Urganch davlat universiteti kengashining 2023-yil " " dagi sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan


O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Download 0.66 Mb.
bet3/19
Sana05.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1692179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Nur terapiyasi va radiobiologiya Ishchi fan dastur (2)

O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishning maqsadi – Nur terapiyasi-tibbiyotdagi onkologik kasalliklar, jumladan organizmdagi turli og’ir kasalliklarni ionlashtiruvchi nurlanishlari yordamida davolash usullaridan iborat. Ionlashtiruvchi nurlanishlarni shartli ravishda fotonli va korpuskular hurlanishlarga ajratiladi. Elektromagnit nurlanishlar fotonli nurlanishlarga, korpuskulyar nurlanishlarga esa zarralar oqimi misol bo’la oladi.
Nur terapiyasi tibbiyotdagi 80% dan ortiq og’ir onkologik kasalliklarni davolash uchun xizmat qiladi.
Rezerford tomonidan kashf qilingan α-nurlanishlar, β-nurlanishlar va o’ta o’tuvchi γ-nurlanishlar, radioaktiv elementlar radiobiologiyada, nur terapiyasida keng qo’llanilmoqda. Ayniqsa onkologik kasalliklarni nurlantirishda – onkologik hujayralarni yo’qotishda, yadroviy nurlanishlarni bevosita yoki bilvosita ta’sirlashuvi natijasida inson tanasidagi xavfli shishlarni davolashda qo’llanilishi haqida ma’lumot berishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari“Nur terapiyasi va radiobiologiya” fanining umumiy kategoriyalarini va metodologiyasini bilish, bilishning asosiy yo’nalishlarini ilmiy, amaliy тahlil qilish. Yadro va elementar zarralar fizikasining aniq fanlar tizimidagi o’rni, yadroviy nurlanishlarning tibbiy diagnostikada va terapiyada qo’llanilishi o’rganiladi.
Bo’lajak biotibbiyot sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy fizik metodlardan, jumladan, yadroviy tahlil metodlaridan foydalanish, tibbiyotda keng qo’llanliladigan zamonaviy diagnostik metodlardan yadro magnit rezozans, pozitron-emission tomografiya, bir fotonli tomografiya, proton terapiyasi sohasida foydalanilayotgan qurilmalar, asboblar va ularning ishlash prinsplarini qamrash asosiy vazifa hisoblanadi.


Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar.

Talaba “Nur terapiyasi va radiobiologiya” fanini o’zlashtirishi uchun yadro fizikasi, yadroviy nurlanishlar, jumladan α-zarralar, β-zarralar, protonlar, neytronlar, elektromagnit to’lqinlar (fotonlar) tabiati, bu zarralarning moddalar bilan ta’sirlashuv jarayoni, ya’ni ionlashtiruvchi jarayonni puxta bilishi talab qilinadi.


Shuningdek talaba elektromagnit nurlanishlar, rentgen nurlanishlari, qisqa to’lqinli tormozli rentgen nurlanishlari hamda xarakterestik rentgen nurlanishlarining hosil bo’lishini, tabiatini, energiyasini, ularning tibbiy diagnostika va terapiyada qo’llanilish usullarini bilishi zarur.
Talaba dozimetriya, ya’ni inson tanasining massa birligiga to’g’ri keluvchi doza nurlanishlarining energiyasini, effektiv va ekvavalent, yutilgan doza kattaliklari, doza quvvati, energiyaning chiziqli o’zgarishi, doza kattaliklarining o’lchov birliklari (zivert, ber, rentgen, grey) hamda doza maydoni kattaligini, ionlashtiruvchi nurlanishlarning biologik ta’sirini va uning oqibatlarini tasavvur qilishi lozim.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling