16-modda.
Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda.
Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda.
Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra — boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda.
Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo‘shma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda.
Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda.
Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda.
Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 41-son, 449-modda)
23-modda.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 257-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda; 2011-y., 41-son, 449-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Do'stlaringiz bilan baham: |