Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Kanar orollarining lavrli o‘rmonlari


Download 434.88 Kb.
bet41/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Kanar orollarining lavrli o‘rmonlari
Bu tip o‘rmonlar tog‘larda dengiz sathidan 800-2000 m balandliklarda joylashib ular uchun tropik va subtropik floraga xos oilalarning vakillari persey (Persea indica) kanar lavri (Laurus canariensis), Visneaturkumining turlari va ayrim mirzinalar (Myrsinaceae), lianalardanSemele vaSmilax xos. Qadimgi paparotniklar masalan, keng bargli Asplenium hemiontis, nozikHymenophyllum tunbridgense o‘zlari uchun qulay sharoit topishgan.Hedera vaIlex canariensishamda Urticaceae, Rubiaceae oilalari vakillarini tarqalganligi Kanar orollari florasini markaziy Evropada tarqalgan mo‘‘tadil kenglik o‘simliklar jamoalari bilan aloqadorligi borligini isbotlaydi.
Kolxida o‘rmonlari
Qora dengiz bo‘ylab Suxumi va Botumi shaharlarining orasida floraga boy yozgiyashil va doimoyashil turlardan iborat bargli o‘rmon bor. Bu joyda Markaziy Evropada allaqachonlar muzlik davrida qirilib ketgan Fagus orientalis, Carpinus orientalisKavkazning dengiz sathidan 1000 metrlargacha bo‘lgan tog‘oldi hududida o‘sadi. Pastda o‘rmon qadimdan odamlar tomonidan foydalanib kelinadigan joylarda qalin daraxtzorlarni qayrag‘ochdoshlardan zelkova (Zelkova carpinifolia), pterokariya (Pterocarya fraxinifolia, P.caucasica), xurma (Diospyros lotus), zarang, (Acer laetum) tikandaraxt qarindoshi albitsiya (Albizzia julibrussum), sadaqayrag‘och (Ulmus densa) va boshqalar tashkil qiladi.
Butalar orasida doimoyashil o‘simliklar ko‘p. Ulardan avvalo pushti-sapsar gulli rododendron (Rhododendron ponticum), doimoyashil shamshod (Buxus sempervirens), lavrgilos (Laurocerasus officinalis, Prunus laurocerasus), vassini (Vaccinium arctostaphylos), russus (Russus hypoglossum) va dafna (Daphne pontica) o‘sadi. Lianalar ham ko‘p, masalan, sassapril (Smilax excelsa) va timus (Tamus communis).
Shunisi taajjubki, subtropik iqlimli Kolxidada ayrim daraxtlar 5 yil ichida 10 metrli balandlikka ega bo‘ladi. Ochiq maydonlarda palma va boshqa tropiklarga xos o‘simliklar o‘sadi. Bunga Batumi va Suxumi botanika bog‘larining kolleksiyalari guvohlik beradi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling