Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Sharqiy Osiyoning lavrli o‘rmonlari


Download 434.88 Kb.
bet42/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Sharqiy Osiyoning lavrli o‘rmonlari
Sharqiy Osiyoda kishilarning faoliyati natijasida katta maydonlarni egallagan lavrli o‘rmonlar tog‘larda, ehromlar, oldida qolgan xolos. Ilgarilari Yunnan tog‘oldilaridan 1000 km enidagi lavrli o‘rmonlar Xitoyning janubini sharqiy qirg‘oqlarigacha maydonlarini egallagan. Ximolayning (Assam) janubi-sharqi va Nepalning 3000-4000 m balandliklarida ham lavrli o‘rmonlar bo‘lib, rododendron (Rhododendron) turlari va ninabargli daraxtlar ko‘p tarqalgan.
Daraxt o‘simliklardan eng xarakterligi bo‘lib kamforli lavr (Cinnamomum camphora), kameliya (Camelia japanica) va choy butasi (Thea sinensis), palma (Livistonia sinensis), sagovniklar (Cycadaceae), sterkuliyadoshlar (Sterculiaceae), meliadoshlar (Meliaceae), araliyadoshlar (Araliaceae) va bambuklar hamda doimoyashil zaranglar, yozgiyashil magnoliyalar, kashtanlar hisoblanadi.
Lavrli o‘rmonlar florasining boy tarkibi YAponiyaning Xonsyu orolida saqlanib qolgan. Uning tarkibida kastanopsis (Castanopsis cuspidata) Quericus turkumining doimoyashil ko‘plab turlari, illitsium (Illicium anisatum), kameliya va simplokos (Symplocos) turkumining turlari uchraydi. Bu erda SHarqiy Osiyoda tarqalgan boshqa o‘simliklar ham o‘sadi.
Shimoliy Amerikaning sharqiy hududlarining namli o‘rmonlari
Floridaning Atlantik okeani qirg‘oqlari va Jorjiya va Janubiy Karollina shtatlarida yozgiyashil bargli o‘rmonlar bilan birgalikda namli o‘rmonlar ham o‘sadi. Ular qishda muzgarchilik bo‘lmaydigan Floridaning janubida yaxshi o‘sgan. Bu erdagi o‘rmonlar magnoliyalar, kattabargli palmalar, fikuslar (Fucus aurea) keng tarqalgan. Ularning orasida Amerika chinori (Platanus occidentalis) yong‘oqlar ham ko‘p o‘sadi. Ko‘plab lianalar Loganiaceae oilasida Gelsemium, epifitlardan orxidlar oilasidan Epidendrum oziq moddalarni faqat havodan oladi.
Bu jamoa shimolda florasi deyarli bir xil botqoq qarag‘ayidan (Pinus palistris) iborat o‘rmonlar bilan chegaradosh. Bu erdagi daryo qirg‘oqlaridagi torfsiz tuproqlarda botqoq sarvi (Taxodium distichum) Nissadaceae oilasidan suv nissasi (Nyssa aquatica) o‘sadi. Botqoq sarvi erdan 3 m balandliklargacha tayanch ildizlarini hosil qilib bu erlardagi kuchli shamolga qarshi turaoladi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling