Mazkur qo’llanmada elektroliz mavzusiga oid
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
kanalga elektroliz
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR
1. Kuchi 3A bo’lgan tok 40 min. davomida kumush nitrat eritmasidan o’tkazilganda, katodda qancha (g) kumush ajralib chiqadi? 2. Tok kuchi 8A ga teng bo’lganda 2 mol suvni parchlashga qancha vaqt (soat) kerak bo’ladi? 3. Kadmiy sulgat eritmasidan katodda 3,36 g kadmiyni ajratib olish uchun kuchi 1,08 A ga teng bo’lgan tokni necha soat davomida o’tkazish kerak? 4. 2,0 mol suvni to’liq parchalash uchun, kuchi 2 A bo’lgan tok qancha vaqt suv orqali o’tkazilishi kerak? 5. Mis nitrat tuzining suvli eritmasidan 2 soat davomida kuchi 5A bo’lgan o’zgarmas tok o’tkazildi. Bunda katodda qanday modda va qancha miqdorda ajralib chiqadi? 6. Kuchi 15A bo’lgan tok 15 minut davomida mis (II) xlorid eritmasidan o’tkazilganda, qancha (l, n.sh.) xlor ajraladi? 7. 10 g o’yuvchi natriy olish uchun osh tuzi eritmasidan kuchi 2,2A bo’lgan tokni necha soat davomida o’tkazish kerak? 8. 15 minut davomida 1,25 A kuchga ega bo’lgan tok mis (II) sulfat eritmasidan o’tkazilsa, katodda qancha (g) mis ajralib chiqadi? 9. Kumush nitrat eritmasidan massasi 6,72 g bo’lgan kumushni ajratib olish uchun 18 A kuchga ega bo’lgan tokni eritmadan qancha vaqt (s) davomida o’tkazish kerak? 10. 8 soat davomida osh tuzi eritmasi orqali 2,5 A doimiy tok o’tkazilgnada anodda ajralib chiqqan mahsulot hajmini (l) hisoblang? 11. Qo’rg’oshin (II) xlorid suyuqlanmasidan katodda 15 g qo’rg’oshin ajralib chiqishi uchun kuchi 2,75 A bo’lgan tokni necha soat davomida o’tkazish kerak? 12. 10 minut davomida 7 A elektr toki kadmiy sulfat eritmasidan o’tkazilganda, katodda qancha (g) kadmiy ajraladi? ADTI AKADEMIK LITSEYI ISMOILJON TURSUNOV 27 13. Mis (II) sulfat eritmasidan 2,5 soat davomida 0,6 A tok bilan elektroliz qilinganda hosil bo’ladigan sulfat kislota massasini (g) hisoblang? 14. 8 minut davomida xrom (III) nitrat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda 1,56 g xrom ajralgan bo’lsa, tok kuchini toping? 15. 45 minit davomida katodda 15 g mis ajralishi uchun mis (II) sulfat eritmasi orqali o’tkazilishi lozim bo’lgan tokning kuchini hisoblang? 16. Kumush nitrat eritmasidan kuchi 8 A ga teng bo’lgan tok 1/4 soat o’tganda, elektrodda necha gramm kumush ajralib chiqadi? 17. Kuchi 20 amper bo’lgan tok 10 minut davomi-da natriy sulfat eritmasidan o’tganda, qanday hajmdagi (l) gaz modda katodda hosil bo’lishi mumkin? 18. Rux sulfat eritmasini 5 soat davomida elektroliz qilinganda anodda hajmi 6 l (n.sh.) kislorod ajraldi. Tok kuchini toping? 19. Kumush nitrat eritmasidan kuchi 2 A tok 4 soat davomida o‘tkazildi. Inert elektrodlarda sodir bo‘lgan jarayonlarni elektron tenglamala-rini tuzing. Katodda ajralgan metall massasini va anodda hosil bo‘lgan gaz hajmini (l.n.sh.) hisoblang? 20. Qandaydir metall sulfatining eritmasidan 45 min. davomida 6 A tok o‘tkazilish natijasida katodda 5,49g massali metall ajraldi. Metall ekvivalent massasini aniqlang? 21. Kumush nitrat suvli eritmasidan kuchi 2 A tok 33 min 20s davomida o‘tkazilganda kumush anod massasi qanchaga o‘zgaradi? Jarayonning elektron tenglamasini tuzing? 22. Natriy yodid suvli eritmasidan kuchi 6 A tok 2 soat 30min davomida o‘tkazilganda elektrodlarda ajralgan modda massasini hisoblang? Jarayonning elektron tenglamasini tuzing? 23. Mis (II)- sulfat suvli eritmasidan 15 min davomida 2,5 A tok o‘tkazilish natijasida katodda 0,72g massali mis ajraldi. Mis va ko‘mir anodlarda sodir bo‘ladigan jarayonni elektron tenglamalarini tuzing va tok bo‘yicha unumni hisoblang? 24. Kaliy ishqori eritmasi orqali 6 A tok 30 min davomida o’tkazilganda (n.sh.) qancha (ml) gaz ajraladi? 25. Valentligi 3 ga teng bo’lgan metall xloridi eritmasi orqali 30 min davomida 1,5 A kuchli doimiy tok o’tkazilganda, katodda 1,071 g metall ajralib chiqqan. Shu metallni aniqlang? 26. Kuchi 3 A bo’lgan tok 7 sekundda eritmadan 3,77 mg metallni ajratib chiqaradi. Metallning ekvivalentini hisoblab toping? 27. Kuchi 3 amperga teng bo’lgan teng bo’lgan elektr toki bir soatda tuz eritmasidan 7,15 g metallni ajratdi. Metallni ekvivalentini toping? ADTI AKADEMIK LITSEYI ISMOILJON TURSUNOV 28 28. 3 soat davomida metall tuzining eritmasidan kuchi 2 amperga teng bo’lgan elektr toki o’tkazilgnada 12,56 g metall ajralib chiqdi. Metallning ekvivalentini toping? 29. Bromid eritmasining elelktrolizidan2,5 A tok 6 minut 26 sekundda 799 mg bromni ajratadi. Bromning ekvivalentini toping? 30. CuSO 4 eritmasidan 40 minut davomida 1,65 a kuchga ega bo’lgan tok o’tkazilsa, katodda necha gramm mis ajralib chiqadi? 31. Katodda 4,74 g mis ajratib olish uchun 1 soat CuSO 4 eritmasidan kuchi necha amperga teng bo’lgan tok o’tkazish kerak? 32. Biror metallning sulfatli tuzi eritmasidan 45 min davomida kuchi 6 A ga teng bo’lgan tok o’tkazilganda katodda 5,49 g metall ajralib chiqqan. Metallning ekvivalentini toping? 33. 3,36 g kumushni AgNO 3 gan ajratish uchun 5 a kuchga ega bo’lgan tokni eritmadan qancha vaqt davomida o’tkazish kerak? 34. 300 g 6,3%-li mis (II) nitrat eritmasi uning massasi 6 g ga kamayguncha elektroliz qilingan. Hosil bo’lgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) hisoblang? 35. 100 g 5%-li mis (II) sulfat eritmasi elektrolizi eritma massasi 2,5 g ga kamayguncha davom ettirildi. Qolgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) hisoblang? 36. Massa ulushi 8,5% bo’lgan kumush nitratning 800 g eritmasi, massasi 50 g ga kamayguncha elektroliz qilingan. Reaksiyada olingan nitrat kislotaning massa ulushini (%), inert elektrodlarda ajralib chiqqan moddalar va ular massasini (g) hisoblang? 37. 300 g 5%-li mis (II) sulfat eritmasi elektrolizi eritma massasi 6 g ga kamayguncha davom ettirildi. Qolgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) va elektrodlarda ajralgan modda massalarini (g) hisoblang? 38. Elektrolizordagi 300 ml 22,4%-li KOH eritmasi (p=1,2g/ml) orqali elektr toki o’tkazilganda katodda (n.sh.) 89,6 l gaz ajralib chiqdi. Eritmada qolgan KOH ning foiz konsentratsiyasini aniqlang? 39. KNO 3 ning massasi 872 g 9,17%-li eritmasi elektroliz qilinganda, anodda 61l kislorod ajralib chiqdi (t=21°C, P=80,11 kPa). KNO 3 ning elektrolizdan keyingi massa ulushini (%) toping? 40. Nikel (II)- nitratning 113,30 g suvli eritmasi (ω=50%) elektroliz qilinganda katodda 14,75 g metall ajraldi. Anodda ajralgan gaz hajmini (n.sh.) va elektrolizdan so‘ng eritmada qolgan nikel (II)- nitrat massasini toping? 41. Mis sulfatning 200ml 6%-li eritmasi (ρ=1,02g/ml) massasi 5g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Elektrolizdan so‘ng eritmada qancha massada mis (II)- sulfat qolgan? 42. Kaliy xloridning suvli eritmasi bilan to‘ldirilgan elektrolizyor orqali doimiy tok (inert elektrod) o‘tkazilish natijasida eritma massasi 3,5g ga kamaydi. Qolgan eritmani neytrallash uchun 20g sulfat ADTI AKADEMIK LITSEYI ISMOILJON TURSUNOV 29 kislota eritmasidan (ω=8%) sarflandi. Elektroliz jarayonida hosil bo‘lgan gaz maxsulotlarining massasi (g) qanday? 46. 30% li NaCl eritmasi elektroliz qilingandan hosil bo’lgan eritma konsentratsiyasi(%) topilsin. Javob: 25,2% 47. 35,1% li NaCl eritmasi elektroliz qilingandan hosil bo’lgan eritma konsentratsiyasi(%) topilsin. Javob: 30.73% 48. Qanday hajmli (ml) 1M CuSO 4 eritmasi elektroliz qilinganda 28l (n.sh) kislorod va 44,8l (n.sh) vodorod ajralsa, dastlabki eritma hajmini toping. Javob: 500 49. Qanday hajmli (ml) 2M CuSO 4 eritmasi elektroliz qilinganda 28l (n.sh) kislorod va 28l (n.sh) vodorod ajralsa, dastlabki eritma hajmini toping. Javob: 625ml 50. Qanday hajmli (ml) 2.5M AgNO 3 eritmasi elektroliz qilinganda 22.4l (n.sh) kislorod va 35.84l (n.sh) vodorod ajralsa, dastlabki eritma hajmini toping. Javob: 320ml 51. 400ml CuSO 4 eritmasi elektroliz qilinganda 22.4l (n.sh) kislorod va 31.36l (n.sh) vodorod hosil bo’lgan bo’lsa dastlabki eritma konsentratsiyasi (mol/l) topilsin. 52. 200g 5% li CuSO 4 eritmasi elektroliz qilinganda eritma massasi 4g ga kamaygan bo’lsa , elektrodlarda ajralib chiqan moddalar massalari topilsin. 1) katod;3,6g Cu, 2) katod 1g H2 3) anod;0.8g O2 4) anod;0,4g O2 5) katoda; 2,2g Cu 6) katod: 3,2g Cu A) 1,3 B) 5,2,3 C) 1,4 D) 3,6 E) 1,2,3 53. Mis tuzi eritmasi 0.50A tok bilan 1 soat elektroliz qilinsa, 0,54g mis ajralib chiqadi. Elektroliz unumini aniqlang. Javob:90% 54. Kumush tuzi eritmasi 3A tok bilan 6.7 soat elektroliz qilinsa, 64.8g kumush ajralib chiqadi. Elektroliz unumini aniqlang. Javob:80% 55. Noma’lum metall tuzi eritmasi orqali 3A tok 3 soat 12 minut davomida o’tkazilganda 32,88g metall ajralib chiqdi, noma’lum metall topilsin(tokka nisbatan unum 85%) Javob: Ag 56. Noma’lum metall tuzi eritmasi orqali 8A tok 2 soat 40 minut davomida o’tkazilganda 50sekundda o’tkazilganda 20.48g metall ajralib chiqdi, noma’lum metall topilsin(tokka nisbatan unum 80%) Javob: Cu 57. Mis(II) sulfatning 1000g 8% li eritmasi elektroliz qilinganda anoda 28l (n.sh) gaz ajralgan bo’lsa. elektrolizdan so’ng hosil bo’lgan eritma massa ulushi(%) topilsin va eritmadan o’tgan tok miqdori (F) topilsin. ADTI AKADEMIK LITSEYI ISMOILJON TURSUNOV 30 A) 4,8 B) 6,12 C)24,5 D) 5,3; 5F 58. AgNO 3 ning 500g 17% li eritmasi elektroliz qilinganda 36,4l gaz (n.sh) ajralgan bo’lsa hosil bo’lgan eritma konsentratsiyasi(%) va eritmadan o’tgan toki miqdori topilsin. Javob: 7,43%, 2,5F 59. Doimiy tok manbayiga ketma ket ulangan AgNO 3 , CuSO 4 , va AuCl 3 eritmalari orqali 10000 sekund davmida 9,65 A tok o’tkazildi, hosil bo’lgan metallarning massalarini mos ravishda aniqlang. Javob: 108,32,197/3 60. Tok ketma-ket AgNO 3 , CuSO 4 , HClO 4 suvdagi eritmalari orqali o’tkanda 0,108g Ag ajralib chiqqan bo’lsa necha gramm mis va qancha (ml) vodorod ajraladi? Javob: 0,032;11,2ml 61. Tarkibida 0.6mol AgNO 3 0,2mol CuSO 4 , va 0,15mol AuCl 3 bo’lgan eritmalar tok manbaiga ketma ket ulangan . eritmalar orqali 48250Kl tok miqdori o’tkazilganda katodlarda (inert) ajralgan moddalar massalariini (g) aniqlang. Javob: 54;12,9;29,6 62. Tarkibida 0.4mol AgNO 3 0,3mol CuSO 4 , va 0,1mol AuCl 3 bo’lgan eritmalar tok manbaiga ketma ket ulangan . eritmalar orqali 38600Kl tok miqdori o’tkazilganda katodlarda (inert) ajralgan moddalar massalariini (g) aniqlang. Javob: 43,2g; 12,8; 19,8 63. Uchta kulanometrdan elektr toki o’tkazilganda elektroliz jarayonida Cu kulanometr katodining massasi 0,24g ga , ikkinchi kulanometr katodining massasi 0,42g ga , uchnchi kulanometr katodi 0,81g ga ortdi. Ikkinchi va uchinchi kulanometrlarda qaysi metallar tuzlari mavjud bo’lgan? Javob: Cd, Ag 64. Uchta kulanometrdan elektr toki o’tkazilganda elektroliz jarayonida Cu kulanometr katodining massasi 1.28g ga , ikkinchi kulanometr katodining massasi 4.32g ga , uchnchi kulanometr katodi 1.12g ga ortdi. Ikkinchi va uchinchi kulanometrlarda qaysi metallar tuzlari mavjud bo’lgan? Javob: Ag, Fe 65. 200g 25% li MeBr eritmasi elektroliz qilinganda 9% li eritma hosil bo’lgan bo’lsa metall topilsin. A) Li B) Na C) Rb D)k 66. 200g 25% li MeBr eritmasi elektroliz qilinganda 12,08% li eritma hosil bo’lgan bo’lsa metall topilsin. A) Li B) Na C) Rb D)k 67. 200g 25% li MeBr eritmasi elektroliz qilinganda 14,18% li eritma hosil bo’lgan bo’lsa metall topilsin. A) Li B) Na C) Rb D)K ADTI AKADEMIK LITSEYI ISMOILJON TURSUNOV 31 Mazkur qo’llanma yuzasidan har qanday taklif va shikoyatlar uchun murojaat: Telefon orqali: +998 93 069 88 38 Telegram orqali: @Chemist_Ismoiljon_Tursunov Rasmiy telegram kanalimiz: ISMOILJON TURSUNOV KIMYO (link t.me//kimyo_akademik_litsey) Ushbu qo’llanmadagi namunaviy teslar jamlammasini tayyorlashda mega kimyo test to’plamidan foydalanildi. t.me//kimyo_akademik_litsey ADTI AKADEMIK LITSEYI ISMOILJON TURSUNOV 32 Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling