- Agrokimyo fanining maqsadi va vazifalari
- Fanning asosiy maqsadi – o‘g‘itlarning xususiyatlari va tuproq bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, o‘simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda muayyan tuproq-iqlim sharoitlari uchun o‘g‘it qo‘llashning eng samarali me’yor, usul va muddatlarini belgilashdir.
- Fanning asosiy vazifasi – o‘simliklar oziqlanish jarayonida moddalar almashinuvi va tuproqdagi oziq moddalar dinamikasini o‘rganish, hosil miqdori, mahsulot sifati va tuproq unumdorligini oshirishda o‘g‘itlardan oqilona foydalanishni tashkil etish.
“Pryanishnikov uchburchagi” “Pryanishnikov uchburchagi” Agrokimyo – qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil etishtirishda o‘g‘it, tuproq va o‘simlik o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fan. - Agrokimyoda nazariy va amaliy masalalarni o`rganishda tekshirishning turli xil usullari qo`llaniladi, jumladan:
- 1. O‘simlik tuproq va o‘g‘itlarning laboratoriya analizlari (kimyoviy va fizik kimyoviy analizlar) o`tkaziladi;
- 2. Sun’iy sharoitda (vegetatsion idishlar, lizimetr qurilmasi) o‘simliklar bilan vegetatsion va lizmetrik tajribalar olib boriladi;
- 3. Har xil tuproq iqlim sharoitida o‘g‘itlar bilan dala tajribalari o`tkaziladi;
- 4. Katta maydonlarda ishlab chiqarish tajribalari o`tkaziladi.
Agrokimyoning boshqa fanlar bilan bog`liqligi Agrokimyoning boshqa fanlar bilan bog`liqligi
Agrokimyo
Tuproqshunoslik
O`simliklarni h/q
Mikrobiologiya
O`simlikshunoslik
Agrokimyoning amaliy va nazariy fanlar o‘rtasidagi o‘rni. Agrokimyo tabiiy fanlardan bo‘lib, uning taraqqiyoti bevosita qator nazariy va amaliy fanlar bilan bog‘liq. - Agrokimyoning amaliy va nazariy fanlar o‘rtasidagi o‘rni. Agrokimyo tabiiy fanlardan bo‘lib, uning taraqqiyoti bevosita qator nazariy va amaliy fanlar bilan bog‘liq.
- O‘g‘itlar bevosita tuproqqa solinishi sababli agrokimyogar birinchi navbatda tuproqshunoslik fanini, xususan, tuproqning kelib chiqishi, tarqalishi, tiplari, xossalari va unumdorligi kabi masalalarni mukammal bilishi kerak.
- Agrokimyoning dehqonchilik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari bilan bog‘liqligi o‘g‘itlarning ishlov beriladigan va sug‘oriladigan tuproqlarda, begona o‘t, zararkunanda va kasalliklarga qarshi tadbirlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan sharoitda yaxshi samara berishida namoyon bo‘ladi.
- Agrokimyo va o‘simliklar fiziologiyasi fanlari oziqlanish jarayonining ikki tomoni - mineral va havodan oziqlanishni o‘rgangani bois ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |