Muhandislik geologiyasi fanini tuproqshunoslik bilan bog‘liqligi


Download 46.22 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi46.22 Kb.
#1796907
  1   2   3
Bog'liq
1Muhandislik geologiyasi fanini tuproqshunoslik bilan bog‘liqligi

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI FANINI TUPROQSHUNOSLIK BILAN BOG‘LIQLIGI

Reja:





  1. Tuproqshunoslik, tuproqlar geografiyasi fanining o`rganish ob'yekti va predmeti, tadqiqot usullari.

  2. Boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

  3. Tuproqshunoslik (tuproqlar geografiyasi)ning amaliy ahamiyati.

  4. Tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi

«Tuproq» haqidagi to`ng`ich bilimlar dehqonchilikning paydo bo`lish tarixi bilan bog`liq, ya'ni bundan 7000 yil ilgari boshlangan.


Tuproq nima? Bu savolga javob berish qiyin. Tuproq ustida yuramiz, yashaymiz, barcha nozu-ne'matlar tuproq tufayli namoyon bo`ladi.
Tuproq haqidagi dastlabki bilimlarimiz juda sodda bo`lgan bo`lsada, ota-bobolarimiz tuproqni yaxshi bilganlar. U haqda juda nodir hikmatlar yaratganlar:
«Yer-odamning beshigi»
«Yer-hayot manbai»
«Yeri boyning – eli boy»
«Hayotning ildizi yerga qadalgan»
«Yerning qobig`i asrlar xokidan iborat».
Dehqonning qo`lidan yer va nonning hidi keladi.
«Yerni aldagan o`zini aldaydi»
«Yer to`ymay, el to`ymas»
«Yer haydasang koz hayda, koz haydamasang yuz hayda»
«Yer-xazina, suv-oltin»
«Yer-ona, ona-yer».
Bu hikmatlar xalq tajribasi aql-zakovati, tafakkur qudrati hosilasidir. Ularga yer-tuproqning sir-asrorlarini anglatuvchi chuqur ma'nolar bor.
XIX asrning o`rtalarida tuproq ilmi haqidagi tushunchalar shakllanadi, ya'ni agronomik tadqiqotlarni ya'ni dehqonchilikka tegishli sohani tuproqshunoslik deb talqin qila boshladilar.
Geologlar esa nurash po`stini, ya'ni g`ovak tog` jinslarini tuproq deb atay boshladilar. Bu tuproq haqidagi dastlabki ilmiy tushunchalar edi.
Tuproqshunoslik ilmiga rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1903) asos soladi. Uning fikricha tuproq barcha komponentlarning o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi tufayli hosil bo`lgan tabiiy-tarixiy hosiladir. Uning fikricha tuproq jonli va jonsiz – “biokos” jism
Adabiyotlarda tuproq tabiiy landshaftlarning «oynasi» deyiladi. Geografik til bilan aytganda «Tuproq landshaft ichidagi landshaftdir» (Nazarov I.K.).
Tuproq bu tog` jinslaridan (ona jinsdan) o`zining unumdorligi bilan farq qiladigan yuza qatlamdir. Tuproq tabiatning o`ziga xos tizimi, uni adabiyotlarda pedosfera deb ham tilga olinadi.

Download 46.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling