Muhandislik geologiyasi fanini tuproqshunoslik bilan bog‘liqligi


Download 46.22 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi46.22 Kb.
#1796907
1   2   3
Bog'liq
1Muhandislik geologiyasi fanini tuproqshunoslik bilan bog‘liqligi

Pedosfera. Grekcha «pedon»-tuproq , «sfera»-shar. Yerning tuproq qatlami biosferaning bir qismi. Pedosfera bu aerobiosfera, fitobiosfera, litobiosfera majmuasidan iborat. (Reymers, 1988, 205 bet).
Tuproqshunoslik fani - tuproqlarning negizi (genezisi) paydo bo`lishi, fizik, kimyoviy xossalaridan tortib, uning rivojlanishi bilan bog`liq muammolar bilan shug`ullanadi. Tuproqlar geografiyasi esa tuproqlarning geografik tarqalishi qonuniyatlarini o`rganadi. Fanning o`rganish ob'yekti tuproqlar hisoblansa, predmeti esa uning qaysi jihatini o`rganishdir. Qaysi mavzuni o`rganish, bu fanning o`rganish predmeti hisoblanadi.
Tuproqlarni o`rganish ya'ni tadqiq qilish usullari juda ko`p;
a) eng oddiy usullardan biri so`roq, ya'ni joydori aholi bilan suhbatdir. Yerli aholi tuproqning ko`p xususiyatlarini yaxshi biladi.
b) asosiy usullaridan biri geografik qiyoslash (sravnitelno geograficheskiy). Bunda tuproqni hosil qiluvchi omillar uyg`un ravishda qiyoslab o`rganiladi;
c) ekspeditsion usul, ya'ni ma'lum yo`nalish bo`yicha tuproqning o`zgarishi, turlari, tuproq kesmalari alohida o`rganiladi;
d) statsionar usul. Bunda tuproqda bo`ladigan o`zgarishlarni ma'lum joyda surunkali muddatda kuzatiladi va tahlil qilib boriladi;
e) analitik usul. Tuproq namunalari maxsus laboratoriyalarda o`rganiladi. Ayniqsa, ularning fizik, kimyoviy xossalari turli usullar bilan analiz qilinadi;
f) kosmik usul. Koinotdan olingan rasmlar asosida tuproqlar geografiyasi va fizik kimyoviy xususiyatlari o`rganiladi. Mazkur usul ayniqsa tuproqlarni kartalashtirishda juda qo`l keladi.
Tuproqshunoslik fani o`zining mazmun mohiyati bilan boshqa fanlar bilan chambarchas bog`liqdir. Geologiya fani tuproqlarning ona jinsini o`rganishda qo`l keladi.
Biologiya, ayniqsa mikrobiologiyasiz bu fanni tasavvur qilib bo`lmaydi. Chunki tuproq paydo qiluvchi omillar ichida boisenozlar faoliyati asosiy o`rin tutadi.
Kimyo fani tuproqlar kimyosini o`rganish uchun o`ta muhim. Modda va energiya almashinuvi jarayonini o`rganishni fizika fanining o`rni muhim. Bundan tashqari tuproqlarni makoniy o`zgarishi geografiya qonuniyatlariga bevosita bog`liq.
Tuproq ishlab chiqarish vositasi sifatida iqtisodiy mazmunga ham ega, tuproq bonitirovkasi, kadastri (unumdorligi bahosi) bevosita iqtisodiyot fanlari bilan ham bog`liqdir.
Bundan tashqari tuproqshunoslik fani tabiatni muhofaza qilish va agronomiya fanlari bilan ham uyg`undir. Aholi salomatligi, tuproq tarkibi bilan bog`liq. Bu esa tibbiyot va kriminalistika fanlari bilan tuproqshunoslikni bog`lab turadi.
Xulosa o`rnida qayd qilish o`rinliki, tuproqshunos bo`lish uchun keng mushoxadali bo`lib, fanlar tizimlarini yaxshi bilish joizdir, aks holda izlanishlar yaxshi samara bermaydi.
Mazkur fan geografik ta'limda juda muhim mavqega ega. Chunki tuproqni bilish orqali, ayniqsa geograflar tabiatdagi o`zaro aloqadorlikni o`zaro ta'sir, o`zaro uyg`unlik qonuniyatlarini yaxshi anglab oladilar.
Bundan tashqari tuproq orqali «Landshaft haqida ta'limot»ning mazmun-mohiyatini tushunish oson kechadi.
Tuproqshunoslik – tabiiy geografik fanlar asosini tushunish kaliti desa to`g`ri bo`ladi. Tuproqshunoslik kundalik turmush – yumush, amaliyot bilan bog`liqligi bilan ahamiyatlidir.

Download 46.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling