Мазу: Ер мониторинги


Download 1.9 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1126053
Bog'liq
6-dars amaliy

  • «Yer monitoringi » fani
  • Aholi punkti yerlarida monitoring o’tkazish

REJA:

  • Aholi punkti yerlarining chegarasi va zonalari.
  • Shahar va posyolkalar qurilishi yerlari. Qishloq aholi punkti yerlari.

Aholi punkti yerlari

  • Aholi punkti yerlari
  • Aholi punkti yerlari - shaharlar va posyolkalarning ma’muriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari hisoblanadi. Aholi punkti yerlari quyidagi turlarga bo’linadi: 1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;
  • 2) umumiy foydalanishdagi yerlar;
  • 3) qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;
  • 4) daraxtzorlar egallagan yerlar;
  • 5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
  • 6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari;
  • 7) suv fondi yerlari; 8) zaxira yerlar.
  • Aholi punktlarining chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari bo‘lib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.
  • Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining chegaralari bo‘yicha belgilanishi lozim.

SHAHAR VA POSYOLKA QURILISHI YERLARI

  • Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi. Shahar va posyolka qurilishi yerlari uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda beriladi. Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish va o‘zga ehtiyojlar uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.

Qishloq aholi punkti yerlari

  • qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.
  • qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari
  • Qishloq aholi punkti yerlari
  • Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi. Ularga quyidagilar kiradi:

Qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra o‘zlarida doimiy foydalanish uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy budjetdan to‘lanadi.

  • Qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra o‘zlarida doimiy foydalanish uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy budjetdan to‘lanadi.

NAZORAT SAVOLLARI:

  • 1. Aholi punkti yerlariga qanday yerlar kiradi?
  • 2. Aholi punkti yerlarining umumiy maydoni qancha va nechi foizni tashkil etadi?
  • 3. Yer kodeksining qaysi moddalarida Aholi punkti yerlari haqida aytilgan va ularning mazmuni qanday?

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling