Ko‘chmas mulk va uning bozori turlari
Download 498.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq11-mavzu. KO‘CHMAS MULK VA UNING BOZORI TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasnif turi
KO‘CHMAS MULK VA UNING BOZORI TURLARI Uch xil ko‘chmas mulk turini ajratish mumkin: yer, turar-joy va noturar-joy yerlari. Ko‘chmas mulkning bazaviy obyekti – yer. Ko‘chmas mulkni turga bo‘linganda, uning bir qancha alomatlariga moslab, sinflarga ajratiladi, bu esa ko‘chmas mulk bozorini yanada izchil tadqiq etish imkonini beradi va turli kategoriyadagi ko‘chmas mulklarni baholash metodlarini ishlab chiqish va qo‘llashni va ularni boshqarishni osonlashtiradi. Eng ko‘p uchraydigan belgilar bo‘yicha sinflash keltirilgan. Ko‘chmas mulkka investitsiyalashdan tushuvchi daromadning quyidagi shakllari mavjuddir: – ko‘chmas mulk qiymatini bozor baholari o‘zgarishi hisobiga oshirish, yangi obyektlarni sotib olish va eskilarini rivojlantirish; – kelajakdagi muddatli pul vositalarini oqimi; – egalik muddatini so‘nggida obyektni qaytadan sotishdan daromad. Ko‘chmas mulkka investitsiyalash jozibadorligi quyidagi omillar bilan tushuntiriladi: – ko‘chmas mulkni sotib olish paytida investor huquqlar paketini qo‘lga kiritadi, bu vaqtda esa ko‘pgina investitsiya obyektlari o‘zlari bilan egalik huquqini olib kelmaydi; – jalb etilgan pul vositalarining saqlanganligi (oddiy hollarda ko‘chmas mulkni yo‘qotib, o‘g‘irlab bo‘lmaydi) va inflyasiya (inflyasion jarayonlar o‘zlarini ortidan ko‘chmas mulk narxini va undan tushadigan daromadning o‘sishini keltirib chiqaradi); – ko‘chmas mulkdan pul ko‘rinishida daromad topish va yashashning boshqa samarasi, muayyan obyektga egalik qilish istiqboli va boshqalar. Tasnif turi Ko‘chmas mulk turlari Ishlatish xususiyati bo‘yicha Turarjoy uchun: uylar, kottejlar, tijorat va ishlab chiqarish faoliyat- lari uchun kvartiralar: mehmonxona, idora joylari, do‘konlar, restoranlar, xizmat punktlari, fabrikalar, zavodlar, omborlar Qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun: fermalar, bog‘lar Maxsus maqsadlar uchun: maktablar, cherkovlar, monastirlar, shi- foxona, yasli-bog‘lar, qariyalar uyi, davlat va ma’muriy muassasalar Egalik maqsadlari bo‘yicha Biznesni yuritish egasining yashashi uchun Investitsiya sifatida Tovar zaxirasi sifatida va NZP Kamaygan manbalar iste’moli uchun o‘zlashtirish va rivojlantirish Ixtisoslanish darajasi bo‘yicha Ixtisoslashgan (o‘zining maxsus xususiyati uchun, uchinchi shaxslarga juda kam holatlarda ijaraga beriladi yoki undan foydalanish uchun ochiq bozorda sotiladi, quyidagidan tashqari, u agar foydalanayotgan biznes qismi sifatida amalga oshirilganda): neftni qayta ishlovchi va kimyoviy zavodlar, elektr stansiyalar muzeylar, kutubxona va ularga o‘xshash jamiyat sektoriga tegishli joylar Noixtisoslashgan – ochiq bozorda investitsiyalash, mavjud va o‘xshash maqsadlarda foydalanish uchun umumiy talabga ega boshqa ko‘chmas mulk Ekspluatasiyaga tayyorligi darajasi bo‘yicha Talab etilayotgan rekonstruksiyalarni ekspluatasiya yoki tugallanmagan qurilishlarning kapital ta’mirini amalga oshirish Tabiiy shaklda ishlab chiqarishi bo‘yicha Ishlab chiqarmaydigan: yer uchastkalari , foydali qazilmalar manbalari Ishlab chiqaradigan:binolar, inshootlar va boshqalar Ko‘chmas mulkka investitsiyalar obyektdan uzoq muddatga foydalanish va kapitalni saqlab qolish imkoniyati kabi ijobiy xislatlarga ega. Ko‘chmas mulk bozori – bu ko‘chmas mulk obyektlari bilan operasiyalar: ko‘chmas mulk sotib olish sotuvi, ipotekasi, ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish va boshqalar atrofidagi munosabatlar yig‘indisi. Ko‘chmas mulk bozorining asosiy segmentlari: yer bozori, turar joy va noturar-joy bozori. Daromadli ko‘chmas mulk bozorini obyektlarni funksional maqsadlari bo‘yicha ajratiladi: – idora maqsadlaridagi obyektlar bozori; – savdo maqsadlaridagi obyektlar bozori; – ishlab chiqarish – ombor maqsadlaridagi obyektlar bozori; – mehmonxona xizmatlari bozori; – tugallanmagan qurilish obyektlari bozori. Ko‘chmas mulkka yuridik huquq bo‘yicha, ko‘chmas mulk bozorini xarid-sotish va ijara bozoriga bo‘lishadi. Xarid-sotish bozorida mos ekvivalentga almashtirish uchun egalikning to‘la huquqi beriladi, uning ichiga tasarruf etish huquqi ham kiradi, ijara bozorida esa bitim obyekti huquqlarning qisman to‘plami kiradi, unda tasarruf huquqi mavjud emas. Ko‘chmas mulk bozorining quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: – mahalliylik; – obyektlar o‘zaro almashuvchanligini pastligi; – mavsumiy tebranishlar; – bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish zaruriyati. Ko‘chmas mulkni moliyalash xarajatlarining uch guruhi mavjud: - ko‘chmas mulk obyektini funksional holda saqlash xarajatlari; - ko‘chmas mulkka egalik qilish uchun yillik soliq; - ko‘chmas mulk bitimlaridagi yuqori transaksion xarajatlar. Ko‘chmas mulk bozoridagi talab va taklif tebranishi sekin yuz beradi, chunki talab mavjud vaqtda ko‘chmas mulk obyektlarining miqdorini oshirish uzoq muddat davomida sodir bo‘ladi, bu esa binoning qurilishi bilan tushuntiriladi. Agar miqdor oshib ketsa, ko‘chmas mulk narxi uzoq yillar past narxda turaveradi. Download 498.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling