Mazvu: Baza tekisligida bazalash xatoligini aniqlash


Bazalashning asosiy prinsiplari


Download 242.66 Kb.
bet3/3
Sana05.04.2023
Hajmi242.66 Kb.
#1277054
1   2   3
Bog'liq
Raximboyev SH

Bazalashning asosiy prinsiplari

Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ishlab chiqishda bazalar tanlash, bazalarning о’zini aniqlashni va kerak bо’lsa bazalar almashinuv tartibini о’rnatishni maqsad qilib qо’yadi.


Bazalar tanlashda boshlang’ich berilganlarga: detalning ishchi chizmasi qо’yilgan о’lchamlari bilan, uni tayyorlash uchun qо’yilgan texnik talablar, tanavor kо’rinishi, shuningdek nazarda tutilgan jarayonni avtomatlashtirish darajasi kiradi. Bazalarni tanlashda detalning mexanizmda ishlash sharoiti hisobga olinadi. Asosan bazalar tо’g’risida biz oldingi temalarda misollar bilan batafsil kо’rib chiqqanmiz.
Qabul qilingan bazalash sxemasi moslamaning konstruktiv sxemasini belgilaydi va detal о’lchamlarining aniqligiga va yuzalarning о’zaro joylashuviga ta’sir kо’rsatadi. Ishlov berish aniqligini ushlashda bazalar birligi prinsipiga amal qilinsa yaxshi natija beradi. Bu holda bazalash xatoligi 0 ga teng bо’ladi. Bu prinsipga amal qilish qiyin bо’lsa (masalan, tanavorning turg’unligi etarli bо’lmay о’lchov baza kichik bо’lsa), bazalar bir yuzada yotmasligining zararli ta’sirini kamaytirishga intilib о’rnatuv baza uchun boshqa yuza qabul qilinadi.
Bazalar doimiylik prinsipiga amal qilish detal yuzalarining о’zaro joylashish aniqligini oshiradi. Aylanuvchi yuzalarning yuqori konsentrikligini ta’minlash, kо’p hollarda о’shu bitta tanlangan bazani kо’p marotaba ishlatish natijasida amalga oshiriladi. Bu prinsipi tо’la amal qilish sun’iy bazalar (yordamchi); bobishkalar, platiklar, markaziy teshiklar, о’rnatuv belchalari va boshqa еlementlar yaratishga olib keladi, va shuningdek barcha ishlov berishlar birlamchi tanavor qora yuzasidagi bazada bir о’rnatuvda bajariladi.
Oxirgi hol detallarni chiviqlardan avtomatlarda, kо’p holatli (pozisiyali) va agregat stanoklarida, va shuningdek avtomatik-liniyalarda moslama-sputniklar ishlatishlarda о’ringa еga.
Baza tanlashda ishlov berish aniqligiga va g’adir-budirligiga bо’lgan talablar mazmuni yozilishi kerak, shuningdek tanavor materialida mavjud ichki kuchlanishdan hosil bо’lgan deformasiyani yо’qotish maqsadida qaytadan ishlov berilishi kо’zda tutilishi kerak.
Baza tanlash birlamchi ishlov berish rejasiga bog’liq bо’lib, texnologik jarayon loyihalashning keyingi еtaplarida har bir еlementi bо’yicha aniqlab borish natijasida konkretlashtiriladi.
Detalni bazalash noaniqligi deb, tutashtirilgan detallar (yoki detalni), uning holatini aniqlovchi yuzalarga nisbatan detalni talab etilgan holatini bir yoki ko’p marta o’zgarishiga tushuniladi.
Bazalash noaniqligi deb, buyumni bazalarini yoki bazalarida joylashgan nuqtalarini o’zgarishi natijasida talab etilgan holatini o’zgarishiga tushiniladi. (Misol tariqasida notekis polga o’rnatilgan stolni tayanch nuqtalarini bildiruvchi to’rtta ayoqlarini o’zgarishini ko’rib chiqish mumkin; stol qaysi joyi bilan tiranganligiga bog’liq holda, pol bilan to’rt ayog’ini har xil uchtaligi kontaktda bo’ladi).
Detalni bazalash noaniqligi, detalni bazalovchi yuzalari va uni holatini aniqlovchi detallar (yoki detal) yuzalari orasidagi tutashuvni bir yoki ko’p marta buzishi bilan tavsiflanadi. Bazalash noaniqligi detalni nisbiy holatini yoki harakatini qo’shimcha xatoliklarini keltirib chiqaradi.
Noto’g’ri konstruktiv yechim odatda bazalashning asosiy qoidasiga rioya qilmaslik hisoblanadi. Masalan, o’rnatuv baza sifatida kichik sirtlarni qabul qilmaslik kerak, yo’naltiruvchi baza sifatida esa–uzunligi kalta sirtni (17.1–rasm, b, d lar).
Detallarni qo’zg’aluvchan qilib biriktirishlarda, qachon detalni o’z xizmat vazifasini bajarish uchun mashinada bitta yoki bir nechta erkinlik darajasi qoldiriladi.
Bunday holatlarda zarur va ruxsat etilgan tirqishlar hisoblanadi, bu tirqishlar uchun kerakli bo’lgan qo’yimlar tayinlanadi. Bunda ko’pincha xatolikka yo’l qo’yilishi mumkin, chunki o’tqazishni tanlash to’g’risidagi savol yassi masala sifatida echiladi. Bu holda detalning o’ziga fazoviy tana sifatida qaraladi. Natijada bitta detal nafaqat tirqish chegarasida ikki o’zaro perpendikulyar yo’nalishlarda boshqasiga nisbatan siljishi mumkin, balki ikki o’q atrofida aylanishi ham mumkin, agarda, kerakli qiymati bo’yicha, ishorasi o’zgaruvchan kuchlar va momentlar paydo bo’lsa. Bunga misol qilib yo’naltirgichli skalka va borshtangali yo’nuv asboblarida detal teshiklariga mexanik ishlov berishlarni ko’rsatish mumkin.
Bayon etilganlardan ayonki, bazalash noaniqligi mavjud bo’lganda doimo hisobga olish va detalni fazodagi mumkin bo’lgan bazalash xatoliklarini hisoblash zarur.
Detallarga ishlov berish xatoliklarini kamaytirishning vositalaridan biri, bazalash noaniqligidan sodir bo’luvchi xatoliklarni yo’qotish hisoblanadi, ya’ni yuqorida sanab o’tilgan hamma talablarga rioya qilish yo’li bilan detallarni bazalash aniqligini ta’minlash kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:

1. Aim.uz


2. Hozir.org
3. Umarov T.U. Mashinasozlikda kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish. Darslik – T.: 2020.
4. Fayllar.uz
5. UMK TDTUOF Mashinasozlik texnologiyasi asoslar
6. Texnologiya konstruksionnыx materialov: ucheb. / Pod obщ. red. A.M. Dalskogo. - 5-ye izd., ispr. - M.: Mashinostroenie, 2003. - 511 s.
7.Texnologiya liteynogo proizvodstva: Spesialnыe vidы litya./Pod red. Yu.A.Stepanova.-M:Mashinostroenie,1983.-287s. 159
8.Materiallar narxlari sayti: http://www.metaeks.ru/?page=1#price ;
Download 242.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling