Mazvu: Eritmalar va ularning turlari, suvning ion ko’paytmasi vodarot ko’rsatkichining axamiyati, buffer eritmalari. Raja


Download 88.5 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1133804
1   2   3
Bog'liq
Eritmalar va ularning turlari, suvning ion ko’paytmasi vodarot ko’rsatkichining axamiyati, buffer eritmalari.

H2O = H++OH-
Suv uchun dissotsiyalanish konstantasining qiymati yozilsa:
[H+]*[OH-]
Kd= -------------- = 1,8*10-16 (200C da)
[ H2O]
Agar shu qiymat asosida [H+]*[OH-] ko’paytma topilsa, u suvning ion ko’paytmasi deyiladi.
Kw= [H+]*[OH-]= Kd*[H2O]= 1,8*10-16*1000/18= 1*10-14
Kw – suvning ion ko’paytmasi ; Kw= 1*10-14
Agar eritmada [H+] =[OH-] bo’lsa muhit neytral muhit hisoblanadi.
Bunda [H+]= [OH-] = 10-7 mol/l ga teng bo’ladi.
Agar muhit kislotali bo’lsa [H+] ionlari 0 dan 10-7 mol/l gacha bo’ladi.
Agar muhit kislotali bo’lsa [H+] ionlari 10-7 mol/l dan 10-14 mol/l gacha bo’ladi.
Lekin vodorod ionlari konsentrasiyasi orqali hisoblashlarda juda kichik sonlar ishlatilgani uchun bunday hisoblar anchagina qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Hisoblashlarni osonlashtirish uchun vodorod ko’rsatkich yoki pH qabul qilingan.
Vodorod ko’rsatkich yoki pH deb , vodorod ionlari konsentrasiyasini teskari ishora bilan olingan o’nli logarifmi tushuniladi.
pH = - lg [H+]
Shunga o’xshash pOH= - lg [OH-]
Toza suvning pH qiymati pH= - lg[10-7]= -( -7) lg 10= 7 ga teng.
Hisoblashlarga ko’ra kislotali muhit uchun pH qiymati 0 dan 7 gacha o’zgaradi.
Ishqoriy muhitda esa pH qiymati 7 dan 14 gacha sonlar qabul qiladi.
[H+]*[OH-]= 10-14  qiymat logarifmlansa , unda pH + pOH = 14 ga teng.
Oxirgi tenglama pH ma’lum bo’lsa pOH ni yoki teskarisini topishga imkon beradi. 
Bufer eritmalar
Analitik kimyoda ayrim tajribalarni, ayniqsa, tekshiriladigan eritmadan ionlarni cho’ktirishda, eritmadagi vodorod ionlari konsentraciyasi aniq va doimiy bo’lishi kerak. Shuning uchun analiz jarayoni [H+] ionlari koncentraciyasini doimiy saqlab turuvchi bufer eritmalar (boshqaruvchilar) ishlatiladi. Eritma suyultirilganda yoki eritmaga oz miqdorda kuchli kislota (yoki ishqor) qo’shilganda ham pH qiymati o’zgarmaydigan kuchsiz kislota va uning tuzidan yoki kuchsiz asos va uning tuzi aralashmalaridan, shuningdek ko’p asosli kislota tuzlari aralashmalaridan iborat bo’lgan eritmalar bufer eritmalar deyiladi. Bufer eritmalar (inglizcha buffer – “buf” so’zidan olingan bo’lib, zarbani yengillash degan ma’noni bildiradi).Bufer eritmalarga quyidagi aralashmalar kiradi:
HCOONa + HCOOH,
CH3COOH + CH3COONa,
NH4OH + NH4Cl,
Na2HPO4 + NaH2PO4 va boshqalar.
Bufer eritmalarning bufer ta`siri qo’shiladigan kislota yoki ishqorni Н+ yoki ОН- ionlarini bog’lab, kuchsiz elektrolit hosil qilishiga asoslangan. Masalan, agar acetatli СН3СООН + СН3СООNa bufer eritmaga kislota qo’shilsa, quyidagicha reaksiya boradi:
yoki ionli ko’rinishda
agar kuchli ishqor qo’shilsa, quyidagicha reaksiya boradi:
yoki ionli ko’rinishda 
Birinchi holda, kuchli kislota o’rniga kuchsiz kislota sirka kislota, ikkinchi holda esa sirka kislotaning Н+ kationi ishqorning ОН- anionini bog’lab dissocilanmaydigan Н2О molekulasini hosil qiladi.
Shuningdek, ammiakli bufer eritmalarning bufer ta`sirini quyidagi reakciyalar yordamida tushuntirish mumkin. Bufer eritmaga kuchli kislota, masalan, HCl ta`sir ettirilsa, suv va tuz hosil bo’ladi.
yoki ionli ko’rinishda
Bufer eritmaga kuchli ishqor, masalan, NaOH ta`sir ettirilsa, kuchsiz asos va tuz hosil bo’ladi.
yoki ionli ko’rinishda


Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling