Mazvu: Oʻzbekiston respublikasi bmtga aʼzo boʻlishi va Jahon hamjamiyatidagi oʻrni Re’ja: O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi
O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi
Download 67.82 Kb.
|
Berdinazarova Nigora
4. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi
Bugungi kunda O‘zbekistonning xalqaro maydonda tutgan keng o‘rni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi mamlakat tashqi siyosatining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib qolmoqda. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakatning tashqi siyosat qay tarzda olib borilishi xususida to‘xtalib, «Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz. Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etish tashkil etadi. Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi. Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiramiz», deb ta’kidlagan. O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘zining pragmatik siyosatini davom ettirgan holda, o‘z tashabbuslarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Bu borada xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekiston xalqaro darajada tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etmoqda. Jumladan, «Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzusidagi inson huquqlari bo‘yicha Samarqand onlayn forumi o‘tkazildi. Unda taniqli xorijiy olimlar, jamoat arboblari, BMT, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Parlamentlararo ittifoq, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, SHHT, MDH, IHT vakillari va boshqalar ishtirok etdi. 194 Tashabbuskorligi va pragmatizmi bilan ajralib turadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) faoliyatida ham O‘zbekiston faol ishtirok etmoqda. Toshkentning tashkilotdagi yangi faol kursi sharofati bilan 2017- yildan buyon O‘zbekistonning SHHTdagi xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ilm-fan, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan 10 dan ortiq tashabbusi amalga oshirildi. O‘zbekiston SHHTda yangi platformalarni yaratish bo‘yicha tashabbuskorga aylandi. SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi, Temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universitetini tashkil etildi. YUNESKO bilan hamkorlik faollashdi, Toshkent «Ta’limni rag‘batlantiradigan shaharlar«» xalqaro tizimiga kiritildi. O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasida YUNESKOning «Dinlar tarixini o‘rganish» kafedrasi faoliyati tiklandi. O‘zbekiston 2019-yil 15-oktyabrda Bakuda o‘tgan sammitda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashining teng huquqli a’zosiga aylandi. O‘zbekiston o‘tgan qisqa davrda Turkiy kengashdagi ishtiroki doirasida qator muhim tashabbuslarni amalga oshirishga erishdi. Xiva shahri «Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» deb e’lon qilindi, TDHKning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi va Transport sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhi tashkil qilindi. Mamlakatimizning Turkiy kengashda ishtiroki nafaqat Markaziy Osiyo, balki Kavkaz va Evropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning rivojlanishi va kengayishiga xizmat qiladi. Bu bilan mazkur mintaqalar transport-logistika yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash uchun yangi istiqbollar yaratilmoqda, hududlararo savdoni rivojlantirish bilan birga mamlakatlarga yangi bozorlarga chiqish, transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish imkoni yaratilmoqda. Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti(TYURKSOY) Xiva shahrini Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, Islom hamkorlik tashkiloti esa Buxoro shahrini islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qildi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Turkiy Kengashning norasmiy sammitida 2021-yil 31-mart kuni ishtirok etar ekan, davlatimiz rahbari diniy – axloqiy qarashlari bilan mintaqamizda ulkan e’tibor qozongan hazrat Yassaviyga sohibqiron Amir Temur ixlos qo‘ygani hamda uning xotirasiga atab Turkiston shahrida muhtasham maqbara bunyod etganini qayd etdi. Bugungi kunda Ahmad YAssaviy maqbarasi barcha qardosh xalqlarimiz uchun tabarruk qadamjo hisoblanadi. Prezident ushbu sammitda bir necha takliflarni ilgari surdi: -Koronavirus pandimiya ta’siri davom etayotgan global inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish yo‘lida kengashning yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik stratergiyasini ishlab chiqish; -Turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va yirik sarmoyaviy layihalarni amalga oshirish; -Turkiy kengash doirasida Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish; 195 -Markaziy Osiyo hududida transport yo‘laklarini rivojlantirish va logistika infratuzilmasini kengaytirish; -Turkiy kengashgka a’zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab «Tabarruk ziyora» loyihasini amalga oshirish; -Buyuk o‘zbek shoiri,mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning turkiy dunyo ma’naviy-ma’rifiy hayotiga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, fan, ta’lim, adabiyot, san’at, ijtimoiy sohalardagi yutuqlar hamda turkiy dunyo birligini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y –harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish kabi ushbu takliflar sammit ishtirokchilari tomonidan qo‘llab -quvvatlandi O‘zining qadimgi madaniyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda. 2017-yil 10-sentyabr kuni Ostona (Nur-Sulton) shahrida o‘tkazilgan IHTning fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida a’zo davlatlar Prezidentimizning ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy tashabbuslarini olqishladi. Respublika rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida dunyoda yagona Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. So‘nggi uch yilda O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston MDHning 84 organidan maqsad-vazifalari milliy manfaatlarga javob beradigan 40 dan ortig‘ida ishtirok etmoqda. So‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston MDH Iqtisodiy kengashi, Hamdo‘stlik Parlamentlararo Assambleyasi va MDHning 18 ta sohaviy organiga qo‘shildi. 2020 - yilda O‘zbekiston MDH tashkil topganidan buyon birinchi marotaba Hamdo‘stlik raisligini qabul qilgani va uni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani ko‘p narsadan dalolat beradi. Zamonaviy O‘zbekiston tashqi siyosati xalqaro aloqalarning to‘laqonli sub’ekti sifatidagi roli va o‘rnini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, respublika atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik doirasini shakllantirishga qaratilgan. Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, o‘z tashqi siyosatida O‘zbekiston Markaziy Osiyoga asosiy e’tiborini qaratadi. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi to‘rt yilda mintaqaning barcha mamlakatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa davlatlari etakchilari o‘rtasidagi siyosiy muloqot o‘zaro ishonchga asoslangan muntazamlik va doimiylik kasb etdi. Bunday muloqotlar davomida Markaziy Osiyo davlatlarini qiziqtiradigan xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sog‘liqni saqlash va ekologiya sohalarida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim qo‘shma qarorlar qabul qilinmoqda. Natijada tarixan qisqa vaqtda O‘zbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi. Davlat rahbarlari o‘rtasida ochiq va ishonchli siyosiy muloqotning mustahkamlanishi natijasida mintaqadagi qo‘shnilar bilan munosabatlarda 2016-yilgacha mavjud bo‘lgan ko‘plab murakkab 196 muammolarga echim topildi. Prezidentlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch mustahkamlandi. 2018-yil 22-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyusiyasi qabul qilindi. 2018-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi konsultativ uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus an’anaga aylangan holda 2019-yil 29-noyabrda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sammitda prezidentlar umumiy muammolarni hal etish va mintaqada hamkorlikka oid dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun mintaqaviy muloqot maydoni sifatida keyinchalik ham maslahat uchrashuvlarini uyushtirishga kelishib olishdi. Maslahat uchrashuvi arafasida Toshkentda muhim ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tdi: mintaqadagi beshta mamlakat bosh vazirlari, va 200 dan ortiq davlat organlari va ishbilarmonlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi, «Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: yangi tahdid va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro anjuman, unda 30 mamlakatdan siyosatshunoslar va rasmiy vakillar ishtirok etdi. 2019-yilda o‘zbek diplomatiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan mintaqa uchun muhim bo‘lgan ikkita yangi rezolyusiya qabul qilinishini ta’minladi «Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish» hamda «Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish». Shuningdek, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, sanoat ishlab chiqarishi sohalaridagi aloqalarimiz izchil rivojlanib bormoqda. 2019-yil yakuniga ko‘ra, ular bilan savdo aylanmasi hajmi 5,2 milliard dollarga ko‘tarildi. Pandemiya sharoitiga qaramay, 2020-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy hajmi 2,17 milliard dollarni tashkil etdi. Qozog‘iston bilan davlat chegarasi chiziqlarini delimitatsiya qilish ishlari yakunlangan bo‘lsa, Qirg‘iziston bilan chegaraning 95 foiz, Tojikiston bilan 99,9 foiz uchastkasi kelishilgan. Butun dunyo 2020-yil Koronavirus pandimiyasidan aziyat chekdi.Koranavirus pandimiyasi davrida ham hamkorlikni rivojlantirish davlat e’tiborida bo‘ldi. Karonavirusga qarshi kurash,uning oldini olish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siri kamaytirish maqsadida 57 ta loyiha asosida O‘zbekistonga boshqa makmlakatlardan (AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, XXR, Singapur, Ukraina) asbob uskunalar keltirildi. Shu bilan birga, 9 ta mamlakatga O‘zbekistonning gumanitar yuklari etkazildi (Ozarbayjon, Belarus, RF, XXR, Eron, Vengriya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston). 197 Xorijiy investitsiyalarning oqimi va o‘zlashtirilishi 13, mlrd. AQSH dollarni tashkil etdi. Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy investitsiyadagi ulushi 37 % ga etkazildi (2018-yildi bu ko‘rsatkich 10,5 % ni tashkil etgan). O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadigan davlatlar soni 50 tadan ortdi. Hududiy ahamiyatga ega bulgan loyihalarda tug‘ridan-tug‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar okimining o‘sish sur’ati 4,8 mlrd. AQSh dollarni (shundan asosiy kapitalda - 4,2 mlrd. AQSH dollar) tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 4 baravar, 2017 yilga nisbatan 24 baravar ko‘paydi. Fakat xorijiy kapital ishtirokida xududlarda umumiy qiymati 858,5 mln. AQSh dollarga teng 167 ta loyixa foydalanishga topshirildi. Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd. AQSh dollariga etib, 2018 -yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2% ga oshishi ta’minlandi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yukori ko‘rsatkich sifatida kayd etildi. Bugungi kunda xam ushbu jarayon to‘xtab qolgani yo‘q. O‘zbekiston Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishda faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan dunyo miqyosidagi ushbu o‘tkir muammoni xalqaro hamjamiyat kun tartibiga qayta kiritishga erishildi. 2018-yil 26-27 mart kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani, Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini, BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar vakillari ishtirok etdi. Afg‘oniston muammosini hal qilishga bag‘ishlangan bunday keng qamrovli forum birinchi marta ana shunday yuqori darajada o‘tkazildi. Toshkent konferensiyasi va, umuman, O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan siyosati afg‘on mojarosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarning faollashishiga, tinchlik jarayonini ilgari surishga qaratilgan mintaqaviy savdoiqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga ushbu mamlakatni jalb qilishga olib keldi Bugungi kunda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida xam samarali ishlar qilinmoqda: – «Xalqaro baxshichilik san’at festivali» (5-10 aprel, Termiz shahri), «Sharq taronalari» (20-26 avgust, Samarqand shahri) va «Birinchi xalqaro amaliy san’at» (10-15 sentyabr, Qo‘qon shahri) festivallari o‘tkazildi; – Milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlarining rolini, shuningdek, ularning jamoatchilik hayotidagi ishtirokini yanada oshirishga qaratilgan choratadbirlar dasturi tasdiqlandi; – Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlar ekspertlari va olimlari ishtirokida «Markaziy Osiyo – umumiy uyimiz” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligini mustahkamlash, madaniy-gumanitar sohada almashinuvni kengaytirish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda xalq diplomatiyasi rolini kuchaytirish, xalq diplomatiyasini amalga oshirishda milliy madaniy markazlar va do‘stlik 198 jamiyatlarining ahamiyati va ular oldida turgan vazifalar va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. – Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan, 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 tasi xristian tashkiloti, 8 tasi yahudiy jamoasi, 6 tasi Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati, 1 ta budda ibodatxonasi va O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyatidir. – 2019-yildan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun «Umra» ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. Bugungi kunga kelib «Umra» qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga etdi, «Haj» esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi. – 2019-yilning noyabr oyida O‘zbekistonda «Bag‘rikenglik haftaligi» doirasida «Xalqaro bag‘rikenglik kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar majmuasi bo‘lib o‘tdi. – So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish choratadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan ezgu g‘oyaga asoslangan. Mamlakatda «Jaholatga qarshi ma’rifat» degan g‘oya asosida Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik maqsadlariga xizmat qilishini hamda yurtimiz allomalari hayoti, ilmiy merosini dunyo hamjamiyatiga etkazish maqsadida 2020-yilning 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, ushbu ta’limotning bugungi kundagi ahamiyati muhokamasiga bag‘ishlangan “Imom Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15 ta davlatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, sho‘ba yig‘ilishlarida 32 ta ma’ruza tinglandi. Shu bilan birga, Imom Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini yangi loyiha asosida qayta barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni «Alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi. Komissiya hisobotida O‘zbekiston tomonidan so‘ngi yillarda diniy sohada amalga oshirilgan o‘zgarishlar e’tirof etilib, ayniqsa «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani alohida qayd etildi. Mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash sohasida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi. Download 67.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling