Mbr-86-guruh talabasi To'rayev Farruxning moliyaviy hisobot tahlil fanidan tayyorlagan taqdimoti


Pul oqimlari tahlilining to’g’ri va egri uslubi


Download 1.74 Mb.
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1738410
1   2   3   4
Bog'liq
To\'rayev Farrux

3. Pul oqimlari tahlilining to’g’ri va egri uslubi. To‘g‘ri usulda tahlilning metodologik asoslari. To‘g‘ri usul – xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘lari harakatini ijobiy va salbiy farqlanishlarini aniqlashning kassa usulida hisob-kitob qilinishidir72. Pul mablag‘larini to‘g‘ri usulda tahlil etishning metodologik asosi balans usuli hisoblanadi. Uning mazmunini quyidagilar tashkil etadi:
pul qiymatliklarining davriy qiymatini hisobga olmaslik
pul mablag‘larini qoldiq qismini aniqlash quyidagi tenglikka
teng:
Bu yerda:
PMdb + PMk - PMch = PMdo
PMdb, PMdo – pul mablag‘larining davr boshi va oxiriga qoldig‘i; PMk – pul mablag‘lari kirimi; PMch – pul mablag‘lari chiqimi.
Korxonada pul oqimini tahlilidan shuni qayd etish lozimki, joriy davrda pul oqimining davr boshiga qoldigi 171.6 ming so‘mni, pul mablag‘lari kirimi (operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyatdan) 6 280 ming so‘mni, pul mablag‘lari chiqimi 5 983.3 ming so‘mni tashkil etgan. Pul mablag‘larining davr oxiriga qoldig‘i 468.9 ming so‘mni tashkil etgan. Pul mablag‘lari kirimi va chiqimida asosiy ulushni asosiy faoliyatdan daromad va xarajatlar, investitsion faoliyatdan xarajatlar tashkil etgan. To‘g‘ri usulda tahlil etishning imkoniyatlari. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma’lumotlar asosida pul mablag‘larining kirimi va chiqimini hisoblashni nazarda tutadi. Ya’ni, joriy manbasi buxgalteriya hisobining schyotlar rejasidagi axborotlar hisoblanadi. Pul mablag‘lari schyotidagi debet va kredit aylanmalari hajmi tahlilning zaruriy manbasi hisoblanadi. Barcha schyotlar bo‘yicha debet va kredit aylanmalari hajmi faoliyat turlari bo‘yicha qayta tarkiblanadi.

Pul mablag‘larini egri usuldagi tahlili. Egri usulda pul mablag‘larini tahlil etishning axborot ta’minoti sifatida buxgalteriya balansi, metodologiya asosi tahlilning balans usuli hisoblanadi. Mazkur usulda pul mablag‘larining kirimida balans passivi moddalarining o‘sishi va aktiv moddalarning kamayishi, pul mablag‘lari chiqimida balans aktiv moddalarining ko‘payishi va passiv moddalarining kamayishini xarakterlaydi. Pul mablag‘lari ko‘payishida asosiy manba joriy davr foydasi va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda pul mablag‘lari harakatini, hisob-kitobini quyidagi formula asosida topish mumkin


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling