Media muxitida bola huquqlari


“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ning prinsiplari


Download 73 Kb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi73 Kb.
#1468193
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Media muhitda bola huquqlari Qo\'zilov Mirjalol.pptx

“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ning prinsiplari:

  • Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish Barcha huquqlar hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning vazifasi – bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta’minlash va hamda uning huquqlarini ta’minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish.

  • Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta’minlash. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.

  • Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi.

  • Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri e’tiborga olinishi shart.

Bola huquqlarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi BMTning:

  1. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;

  2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;

  3. Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya;

  4. Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va Qiynoq va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa turlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro shartnomalariga ham tayanadi.

BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling