Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 270.34 Kb.
bet1/11
Sana18.10.2023
Hajmi270.34 Kb.
#1708093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIZNESNI BOSHQARISH11


O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA NOSHIRLIK ISHI FAKULTETI
MEDIA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI
Bosma OAV jurnalistikasi yo‘nalishi
Bosma nashirlar industiriyasi” fanidan

KURS ISHI
MAVZU: BIZNESNI BOSHQARISH



Bajardi: Timurov Sardor
Ilmiy rahbar:


Toshkent-2023
BIZNESNI BOSHQARISH
M U N D A R I J A
Kirish. …………………………………………………………………………3

  1. BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATI TUSHUNCHASI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING SHAKLLARI

    1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari

    2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.

  1. BOB. TADBIRKORLIK KAPITALI VA ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL

    1. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari.

    2. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital.

    3. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu bilan bir qatorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini oshirishda ahamiyatli o‘rin egallaydi. Mulkchilik munosabatlarining tubdan o‘zgarishi va mulkchilik shakllarining xilma-xilligiga, iqtisodiy subyektning tashabbusi va mustaqilligiga, tadbirkorlikning erkinligiga asoslangan yangi xo‘jalik mexanizmining yaratilishi bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy natijasi bo‘ldi. Bunday sharoitda jamiyatda bozor munosabatlarini barqarorlashtirishning muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli keskin oshadi.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta‘minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta‘minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta‘minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo‘jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolatidir.
Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash dasturi, unirivojlantirish va yanada samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qator qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Download 270.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling