Media savadxonlik fanidan taqdimoti media savodxonlik


Download 0.76 Mb.
Sana12.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1089864
Bog'liq
Qunduz Erkinboyeva


URGANCH INOVATSION UNEVERSITETI
BOSHLANGʼICH TAʼLIM 22.02 GURUH TALABASI
ERKINBOYEVA QUNDUZNING
MEDIA SAVADXONLIK FANIDAN
TAQDIMOTI
Media savodxonlik — Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami.
Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.
Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati.
Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi.
UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi.
Media savodxonlikni oʻrganadigan eng qadimgi tashkilot bu National Telemedia Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab „Telemedium“ deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan.
Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik boʻyicha dasturlar ishlab chiqilgan. Hozir ushbu dasturlarni davlatlar kesimida koʻrib chiqamiz.
AQShda media savodxonlikni oshirish boʻyicha bir-nechta federal agentliklar tomonidan dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh federal savdo komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Admongo dasturi 8-12 yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, unda bola www.admongo.gov sayti orqali onlayn oʻyinni oʻynaydi. Bu oʻyin bolalarda media savodxonlik hamda reklamalarni tahlil qilish qobilyatini oshiradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Admongoni muntazam ravishda oʻynab kelgan bolalar, bu oʻyinni oʻynamaganlarga nisbatan media savodxonlik boʻyicha oʻtkazilgan testda 9 %ga yaxshiroq natija koʻrsatgan.
Kanada Shimoliy Amerikada birinchi boʻlib maktab oʻquv dasturida media savodxonlikni targʻib qildi. Har bir viloyat oʻz oʻquv dasturida ommaviy axborot vositalarini majburiy ravishda belgilab qoʻydilar. Masalan, Kvebekning yangi oʻquv dasturi 1-sinfdan oʻrta maktabning soʻnggi yiligacha media-savodxonlikni qamrab oladi. Kanadada media-taʼlimning boshlanishi ikki sababga koʻra yuzaga keldi. Buning bir sababi Amerika ommaviy madaniyatining keng tarqalishi haqidagi xavotir boʻlsa, ikkinchisi yangi taʼlim paradigmalari uchun kontekstning taʼlim tizimiga bogʻliqligi edi. Kanadalik olim Marshall Makluan 1950- va 60-yillarda media savodxonlik boʻyicha Shimoliy Amerika taʼlim harakatini yaratdi.
Oʻz qadriyat va ananalariga ega boʻlgan Osiyo mamlakatlarida media savodxonlik va uning taʼlimga kirib kelishi jarayoni Gʻarb mamlakatlarininkidan farq qiladi. Oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab Sharqiy Osiyoda media savodxonlik tomon siljish kuzatildi. Soʻnggi yillarda Osiyoda media savodxonlik darajasi oʻsib bormoqda va Osiyo-tinch okeani mintaqasida media savodxonlik boʻyicha bir nechta dasturlar ham amalga oshirilmoqda.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling