5-tamoyil. Media va axborot savodxonligini birdaniga o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Bu— doimiy va dinamik tajriba va jarayon. U o‘z ichiga axborotdan foydalanish, uni yaratish va uzatish, media va texnologik kontent bo‘yicha bilim, ko‘nikma va qarashlarni qamrab olganda yakunlangan, deb hisoblanishi mumkin. Bugungi kunda MAS asta-sekin, har bir shaxsning shakllanishiga parallel tarzda shakllantiriladigan kompetensiyaga kiritiladi. Bugungi kunda MAS maktabgacha ta’limdan boshlab dolzarb ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z ketar ekan, ekspertlar, bugungi kunda axborot hammani, barcha joyda va har doim o‘rab olganiga urg‘u beradi. Har bir uyda, har bir oilada mavjud bo‘lgan mediaresurslar hisoblab chiqilsa, MASning shakllantirilishi ovqatlanish, shaxsiy gigiena va h.k. lar kabi birinchi darajali ehtiyojga aylangani ma’lum bo‘ladi.

MAS jurnalistik axborotlardan himoya vositasimi yoki jurnalistlar MAS targ‘ibotchisimi?
Tanqidiy fikrlash — bu axborot va bilimlarni iste’mol qilish jarayoniga taalluqli kategoriya hisoblanadi. Bu sodir bo‘layotgan voqea ob’ekti va predmetiga nisbatan tahlil qilish, ma’lumotlarni taqqoslash, shubhalanish va savollar berish layoqati demak. Bu mediamatnni o‘xshash mavzular va voqealar bilan bog‘lash layoqati demak. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish natijasida kishi asoslangan xulosalarni ifodalash, asoslangan baho berish, sharhlash, olingan natijalarni esa vaziyatlar va muammolarga nisbatan o‘rinli qo‘llay olishga qodir bo‘ladi. Bu axborotni olishga iste’molchi sifatida munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydigan auditoriyaning faol pozitsiyasidir. Tanqidiy fikrlash axborot beruvchilar tomonidan manipulyatsiyalarga yo‘l qo‘ymaydi vaoqilona gumonsirashni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |