Media va axborot savodxonligi


Download 126.03 Kb.
bet4/8
Sana09.03.2023
Hajmi126.03 Kb.
#1255153
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Media va axborot savodxonligi

Avstraliya
Avstraliyada media taʼlimiga taʼsir koʻrsatadigan asosiy nazariyotchilar Grexem Tyurner va Jon Xartli boʻlib, ular Avstraliya ommaviy axborot vositalari va madaniy tadqiqotlarni rivojlantirishga yordam bergan. 1980-1990-yillarda avstraliyalik Robin Kvin va Barri Makmaxonlar „Haqiqiy tasvirlar“ nomi ostida darsliklarni ommaga taqdim etishadi va unda koʻplab murakkab ommaviy axborot nazariyalarini sinflarga mos ajratgan holda tahlil qilishadi. Shuningdek, yana bir avstraliyalik mutaxasislardan biri Karmen Lyuk media savodxonligini feminizm bilan bogʻlaydi va media taʼlimiga yanada tanqidiy yondashuvni targʻib qildi. Avstraliyaning aksariyat shtatlarida ommaviy axborot vositalari asosiy sanʼat sohasining beshta yoʻnalishlaridan biri sifatida qaraladi. Bir nechta shtatlarda yuqori sinf oʻquvchilariga ommaviy axborot vositalarini oʻrganish taklif qilinadi. Masalan, Kvinslendning koʻplab maktablari filmlar, televideniya va yangi ommaviy axborot vositalaridan mutaxasislar taklif qilinib, oʻquvchilarga oʻz tajribasini boʻlishishi soʻraladi. Viktoriya maktablari esa VCE Media tashkilotidan vakillarni dars jarayoniga taklif qilishadi. Media taʼlimi Avstraliya media oʻqituvchilari professional oʻqituvchilar uyushmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Avstraliyadagi yangi milliy oʻquv dasturining joriy etilishi bilan maktablar media-taʼlimni sanʼat oʻquv dasturining bir qismi sifatida, media savodxonlikni oʻquvchilarni ommaviy axborot vositalarida mavzularni qanday tuzish, yaratish va aniqlash uchun oʻqitish vositasi sifatida qoʻllashni boshladi.
Yana bir media savodxonlik targʻibotchilaridan biri „Australian Media Literacy Alliance“ tashkiloti boʻlib, u kontent yaratish, axborot berish, taʼlim, ommaviy axborot vositalari va axborotdan foydalanish bilan shugʻullanadi. Ular ushbu sohada tajribaga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni hamkorlikka jalb qilmoqda.
Turkiya, Buyuk Britaniya, Singapur davlatlarida boʻlganidek Avstraliyada ham taʼlim muassasalarida media savodxonlikni oshirish boʻyicha dasturlar mavjud.

Download 126.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling