8-mavzu: Media kontent yaratish va undan foydalanish. Media matnlarni yaratish Reja
Download 25.98 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshlarning mediadan foydalanishi
8-mavzu: Media kontent yaratish va undan foydalanish. Media matnlarni yaratish Reja: Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish; Media va ijodkor yoshlar; Kontentning maqsadli auditoriyasi, foydalanuvchilari, uni ishlab chiqaruvchi hamkorlar. Yoshlarning mediadan foydalanishi Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo‘lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o‘rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o‘spirin bu olamga o‘z ta’sirini ko‘rsata olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog‘i tufayli dunyoga mashhur bo‘lib ketishi mumkinligiga ishonadi. Ular uchun “mashhur bo‘lib ketish” o‘zini namoyon etish, hamda shu orqali tor yoki keng doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda foydalanuvchilar qo‘llab-quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo‘lishdan iboratdir. Yoshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ayni damda o‘zidan olisda bo‘lgan yaqinlari bilan muloqotda bo‘lib turadi, yangi do‘stlar orttiradi. Ular Internetda turli ijtimoiy rollarda o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega. Uyatchan va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo‘lib ketishi ham mumkin. Ammo interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘la olish mumkin emas. Shuning uchun yoshlarning real hayotda ham do‘stlari bo‘lishi juda muhim. Ko‘plab yoshlar tarmoqdagi do‘stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi. 1. Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi. Kommunikatsiyaning mobilligi deganda “ko‘p kanallilik” tushuniladi. Yoshlar vaziyat va o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli-tuman media qurilma va kontentlardan foydalanadi. 2. Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko‘rishadi. Foydalanuvchilar ko‘plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: qaysi videoklipni ko‘rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va h.k. Yoshlar turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi. Natijada esa parchalanish (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning buzilishi ehtimoli yuzaga keladi. 3. Yoshlar mediakontentni do‘stlariga tavsiya etadi. Ijtimoiy mediada har kim axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro‘ yetakchisiga aylanishi mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda oson, chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi. 4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi. Bir vaqtning o‘zida medianing bir necha turi qo‘llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning o‘zida radio tinglashi, jurnal o‘qishi va Facebookda do‘stlari bilan muloqot qilishi mumkin. 5. Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo‘ladi. Deyarli barcha o‘smirlarning qo‘lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3-pleyer bo‘ladi. Mobil Internet ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda. Makondagi joylashuvni o‘rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Download 25.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling