Telegram orqali xabar yuborish.
Telegramda suhbatni boshlash uchun, suhbatlashmoqchi bo’lgan kontaktni tanlang va unga bosing!
Telegram orqali rasm, video va boshqa fayl turlarini qanday yuborasiz?
Suhbat oynasida yuqorisidagi qog’oz qistirgichi tasvirchasi-ga teging. Telegram sizga Gallery-dan yoki telefoningiz kamerasidan suratga olish variantlarini ko’rsatadi. Siz shuningdek video, hujjat, joylar va boshqalarni qo’shishingiz mumkin.
Telegramda stiker yuborish.
Telegramda ko’plab stikerlar mavjud. Ko’pincha suhbatni qiziqtirish uchun stikerlardan foydalanishadi. Stiker yuborish juda oddiy, bu uchun quyida ko’rsatilgan rasmdagikabi ish tuting!
Istagan bir stikeringizni tanlang!
Android uchun Telegramda boshqa sozlamardan foydalanish.
Bildirishnomalar, suhbat fonlari, bloklangan foydalanuvchilar, tilni o’zgartirish, tizimdan chiqish kabi boshqa xil sozlamalar uchun android qurilmangizning Menyu tugmachasini bosing va Settingni (Sozlamalar) tanlang!
Agar siz tilni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, Languagega kirasiz. O’sha yerda ko’rsatilgan tillardan birini tanlaysiz xolos, o’zbekcha telegram mavjud emas. Tilni o’zbekcha qilsa bo’ladi, masalan ruscha telegram ham yo’q. Lekin Ruslar nimadir qo’shib bu muammoni hal qilishgan.
Manashu tarzda telegramdan foydalansangiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |