Medicinal properties and agrotechnics of cultivation of boyoqdor royan plant
Download 45.38 Kb.
|
2 ШЎБА ГОИПОВА ПАРИЗОД Мухторкизи 2
Agrotexnik tadbirlar. Urug‘idan va ildizpoya-qalamchalaridan ko‘payadi. Asosiy shudgordan oldin har gektar yerga 25-30 tonnadan go‘ng va 30 kg dan donador superfosfat solinadi. yer 30 sm chuqurlikda haydaladi. Ekishdan oldin urug‘larga ishlov berishning hojati yo‘q. Gektariga 8-10 kg dan urug‘ ekiladi. Ekish muddati 20-30 mart hisoblanadi. Urug‘ 2 sm chuqurlikka ekiladi. Unuvchanlik o‘rtacha 77,5 % ni tashkil etadi.
Ildizpoya qalamchalari bilan ko‘paytirilganda yashovchanlik 80-90% dan iborat. O‘simlik zichligi 1 metrda 10-15 donani tashkil etishi kerak. Urug‘ va qalamcha qator oralari 60 sm dan qilib ekiladi, bunda ro‘yanning ikkinchi va undan keyingi yillarda ildizpoyadan jadal vegetativ ko‘payishga bo‘lgan qobiliyati va tuproq ustining butkul qoplashi nazarda tutiladi. Birinchi yili 7 marta sug‘oriladi (may-1, iyun- iyul-2, av-gust-sentyabr-1 tadan), keyingi yillarda sug‘orish mikdori ikki hissa kamayadi. Faqat birinchi yili yer yumshatiladi (har bir sug‘orishdan keyin 2 marta). Har yili begona o‘tlardan tozalanadi. Birinchi yili yerni yumshatish barobarida may va iyunda gektariga 60 kg dan azot solinadi. Urug‘lari ikkinchi va uchinchi yillari, dastlabki mevalari qo‘ng‘ir tusga kirganida, ularning tushib ketishiga yo‘l qo‘ymay, yig‘ib olinadi. O‘rib olish uchun dukkakli ekinlar urug‘ mashinasi JB-3,5 qo‘llaniladi. Poyasi qurigach, terib olinib, xirmonga uyiladi, don kombaynida yoki qo‘l kuchida tuyiladi. Urug‘ don tozalagich uskunalarida tozalanadi. Har gektar yerdan 80-100 kg urug‘ olinadi. Ro‘yanning ildiz va ildizpoyalari o‘simlik o‘sishining 3-yili yig‘ib olinadi. Bundan oldin o‘simlikning yer ustki qismi o‘riladi va urug‘ini yanchish uchun xirmonga to‘planadi. Ildiz va ildizpoyalari ag‘darma tishsiz molalar bilan qaziladi va qo‘lda terib olinadi. Tuproqdan tozalangach, suvda yuviladi va yaxshilab tozalanadi, keyin 45-500С daraja haroratda quritiladi. Respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida har gektar yerdan o‘rtacha 10-12 tsentnerdan hosil olinadi. Tavsiyalar. Tabiiy holda zahirasi chegaralangan. Katta plantatsiyalarda yetishtirish talab etiladi. Barcha tipdagi tuproqlarda plantatsiyalar tashkil etish mumkin. Xulosa qilib aytganda Bo‘yoqdor ro‘yan (Rubia tinctorum L.) dan tayyorlangan pereparatlar siydik haydash, buyrak va o‘t pufagi tosh, podagra va yallig‘lanish kasalliklarida foyda beradi. Bundan tashqari immunitetni ko‘tarib, tanani toksinlardan tozalaydi, me’da shirasi ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, suv – tuz balansini me’yorlashtiradi. Ota – bobolarimiz aytganidek, kasalni davolagandan uni oldini olgan yaxshi. Shuning uchun ham dorivor o‘simliklardan tayyorlangan tabiiy pereparatlardan foydalanish ancha qulay va arzon hamda sintetik dorilardan majmuaviy ta’sir qilishi bilan afzal hisoblanadi. Download 45.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling