Medicinal properties and agrotechnics of cultivation of boyoqdor royan plant


Download 45.38 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi45.38 Kb.
#1778897
  1   2   3   4
Bog'liq
2 ШЎБА ГОИПОВА ПАРИЗОД Мухторкизи 2


UDK633.88
BO‘YOQDOR RO‘YAN O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI
ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА И АГРОТЕХНИКА ВЫРАЩИВАНИЯ РАСТЕНИЯ МОРЕНА КРАСИЛЬНАЯ
MEDICINAL PROPERTIES AND AGROTECHNICS OF CULTIVATION OF BOYOQDOR ROYAN PLANT
G‘oipova Parizod Muxtor qizi
Гоипова Паризод Мухтор қизи
Goipova Parizod Muhtor kizi
Inomjonova O‘g‘iloy Dilshodbek qizi
Иномжонова Ўғилой Дилшодбек қизи
Inomjonova Ogiloy Dilshodbek кizi
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
Андижанский институт сельского хозяйства и агротехнологий
Andijan institute of agriculture and agrotechnologies
Annotatsiya:
Ma’lumki, o‘simlik maxsulotlari tarkibida har xir hayotbaxsh vitaminlar, oqsil, karbonsuvlar, efir moylari, shuningdek,organizimning hayoti va faoliyati uchun juda zarur bo‘lgan ma’danlar, tuzlar va boshqa muhim biologik faol moddalar mavjud. Bo‘yoqdor ro‘yan o‘simligi ham shunday o‘simliklar qatoriga kiradi.
Аннотация:
Известно, что продукты растительного происхождения содержат всевозможные живительные витамины, белки, углеводы, эфирные масла, а также минералы, соли и другие важные биологически активные вещества, очень необходимые для жизни и функционирования организма. Морена красильная – одно из таких растений.
Annotation:
It is known that plant products contain all kinds of life-giving vitamins, proteins, carbohydrates, essential oils, as well as minerals, salts and other important biologically active substances that are very necessary for the life and activity of the body. The plant of dyed royan is also included among such plants.
Kalit so‘zlar:
Dorivor o‘simlik, ruberitrin, alkaloid, ro‘yan, barg, gul, meva, urug‘, vitaminlar, oshlovchi moddalar va boshqalar.
Ключевые слова:
Лекарственное растение, руберитрин, алкалоид, морена, листья, цветы, плоды, семена, витамины, добавки и т. д.
Key words:
Medicinal plant, ruberitrin, alkaloid, royan, leaf, flower, fruit, seed, vitamins, additives, etc.
Bugungi kunda tabiiy dori vositalarini ishlatish, dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va xom ashyosini ko‘paytirishga katta eʼtibor berilmoqda. Dorivor o‘simliklar (lot. Plantae medicinalis) – bu xalq tabobatida, tibbiyotda yoki veterinariya amaliyotida, profilaktika va davolash maqsadida ishlatiladigan o‘simliklarga aytiladi. Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi (IUCN) maʼlumotiga ko‘ra, tibbiyotda 21 mingga yaqin dorivor o‘simliklar ishlatiladi.
Dorivor o‘simliklarning yillik aylanmasi 3,26 mlrd. dollarni tashkil etadi. Xitoy, Hindiston, Germaniya davlatlari dorivor o‘simliklar eksporti bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga kiradi.
Hozirgi kunda eksport salohiyati yuqori bo‘lgan dorivor o‘simliklarning plantatsiyalari yildan-yilga kengayib bormoqda. Joriy yil 162 ta subyekt tomonidan 15,6 ming gektar maydonda 45 turdagi dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda (o‘tgan yilga nisbatan 2,3 ming ga ko‘p). Shuningdek, mamlakatda 11 ta subyekt tomonidan 14 turdagi dorivor va ziravor o‘simliklar urug‘ va ko‘chatlari tayyorlanmoqda
Ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida 2022-yilda ichki va tashqi bozor talablari hamda marketing natijalaridan kelib chiqib, jami 17,4 ming (2021-yilga nisbatan 1,8 ming ga ko‘p) gektarda dorivor o‘simliklar ekinlarini yetishtirilishi rejalashtirilib, shundan asosiy maydonlarda 4,5 ming gektar, lalmi yerlarda 12,9 ming gektarga yetkaziladi.

Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling