Elektron darslik sunnatova sitoraning


Download 0.69 Mb.
Sana26.11.2020
Hajmi0.69 Mb.
#153550
Bog'liq
ELEKTRON DARSLIK taqdimot

ELEKTRON DARSLIK

SUNNATOVA SITORANING


Xorijiy adabiyot va ingiliz tili yo’nalishi 1-kurs talabasi:

ELEKTRON DARSLIK MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI


O‘quv adabiyotlari bu - muayyan ta’lim turi (yo‘nalishi yoki mutaxassisligi) o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tajribalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:

  • An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan manba;
  •   Elektron o‘quv qo‘llanmalar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.

Hozirgi kunda uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlanmoqda.

  • Elektron qo‘llanma (EQ) larga keladigan bo‘lsak, ular bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirish, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, imkoniyat darajasida ularning hamma fanlar bo‘yicha yaratilishi maqsadga muvofiqdir.
  • O‘quv adabiyotlarning mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o‘quv adabiyotlardan izlab topish, ko‘nikmalar hosil qilish bilan bir qatorda, bilim olish jarayonida zamonaviy axborot vositalarining imkoniyatlariga ham e’tibor qaratilgan bo‘lishi kerak.

Har bir elektron qo‘llanma alohida ko‘rinishda bo‘lishi va ma’lum bir standart talabiga javob berishi lozim. Elektron qo‘llanma to‘rt toifaga bo‘linishi mumkin:

  • 1-toifa: o‘quv materialini faqat verbal (matn) ko‘rinishda taqdim etadigan;
  • Ø  2-toifa: o‘quv materialini verbal (matn), ikki o‘lchamli grafik shaklida taqdim etilgan;
  • Ø  3-toifa: «multimedia» (multtimedia – ko‘p muhitli) qo‘llanmasi, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli-grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida taqdim etiladigan multimediali elektron qo‘llanma;
  • Ø  4-toifa: o‘quv materiali ovozli va uch o‘lchamli fazoviy ko‘rinishda bo‘lib qolmasdan, taktik (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli ma’lumotlar vositasida bayon qilinib, o‘rganuvchini «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvuri yaratiladigan elektron qo‘llanma.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling