Megabayt ? gigabayt ? egzabayt ? Hammasi haqida batafsil


Download 43.58 Kb.
Sana08.09.2023
Hajmi43.58 Kb.
#1674597
Bog'liq
1 Bayt


Megabayt..? gigabayt ..? egzabayt ..? Hammasi haqida batafsil

Axborot vositalari ko‘paygani sayin axborotga ehtiyoj ortib bormoqda. Har birimizning qo‘l telefonimizda o‘rtacha 10 gigabayt, kompyuterda 100 gigabayt hajmdagi ma’lumot bor. Ularni ko‘ra olmaganimiz tufayli tasavvur qilish ham qiyin. Quyida shu haqida ma’lumot va qiziqarli faktlarni havola qilamiz.
AQShning Kaliforniya universiteti o‘tkazgan tadqiqot natijalari bir kishi kun davomida 34 gigabayt hajmga teng axborotni, 100 ming so‘zga teng ma’lumotni iste’mol qilishini ko‘rsatmoqda. Tasavvur qiling, Tolstoyning “Urush va tinchlik”i 460 mingta so‘zdan iborat. Biz 24 soat davomida ko‘z va quloqlarimiz orqali 100 mingta so‘zga teng ma’lumotni qabul qilamiz.
Kompyuter va telekommunikatsiyada axborot birligi ma’lumot saqlanadigan muayyan tizim yoki aloqa kanallarining layoqati, axborot sig‘imi va o‘tkazuvchanligini, ya’ni aloqa tarmoqlarida axborotning uzatilish tezligini o‘lchash uchun ishlatiladi. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi tomonidan Xalqaro axborot birliklari tizimi shakllantirilgan.
Kitobdagi har qanday matn harf va belgilardan iborat. Bir so‘zni ham, bir dona harfni ham axborot birligida o‘lchash mumkin.
Kompyuter va raqamli qurilmalar kodlangan axborotni o‘qish va qayta ishlash imkoniga ega. Elektron qurilma bizga ko‘rinib turgan matnni aslida elektron signallar yordamida qayta ishlasa, raqamli qurilmada har qanday axborot aslida sonlar ko‘rinishida kodlangan bo‘ladi.
Axborot o‘lchov birliklarining eng kichigi – bit (bit). Ikkita raqam yoki belgi, masalan 0 va 1 raqamlarining hajmi 1 bit. Misol uchun, biror savolga bizning “ha” yoki “yo‘q” degan qisqa javobimiz axborot birligida 1 bitga teng.
Bir bit axborot birligi juda kichik axborot hajmini ifodalagani uchun amalda ko‘proq bayt (byte) axborot birligi ishlatiladi. Bir bayt – 8 bit axborotga teng. 1 baytda 0 dan 255 gacha raqamlar yoki shuncha harf va belgilar foydalanilgan matn kiradi. Misol uchun, kitobning bir qator matni 90 bayt axborot hajmiga teng.
1 kilobayt axborot 1024 bayt, ya’ni shuncha belgiga teng. Misol uchun, bu 5 harfdan iborat 5 qator so‘zning axborot hajmi hisoblanadi. Romanning bir sahifasidagi axborot hajmi 2 kilobayt chiqadi. Qisqa elektron pochtaning hajmi ham 1 yoki 2 KB chiqadi.
Navbatdagi axborot birligi megabayt. 1 megabayt 1 million baytga, yoki 1024 Kbayt.
1 MB – 1024×1024 pikselli, 256 xil rangdan iborat bir dona suratga teng. Matnda o‘lchasak, 1 MB o‘rtacha 500 sahifali kitobdagi ma’lumot hajmi degani. Yoki 1 intervalli har sahifada 4 mingtadan belgi bo‘ladigan bo‘lsa, 250 sahifalik kitobning hajmi. Bu yerda odatiy kitob hajmi haqida gap ketmoqda.
Misol uchun, Microsoft Word’da yozilgan 100 betlik hujjat hajmi 376 kilobaytga teng.
3 daqiqali audio faylning hajmi 3 MB chiqadi. 650-900 MB dumaloq kompakt diskning sig‘imidir. Yoki 4 megapikselli JPEG formatidagi fotosuratning hajmi ham 1 megabayt.
Keyingi axborot birligi – gigabayt. Bir gigabayt 1.000.000.000 (1 mlrd.) bayt yoki 1024 Mbayt axborot birligiga barobar. Bu 114 daqiqa siqilmagan audio, 7 daqiqali HDTV formatidagi video fayl degani. Bir tomonlama DVD+R turidagi kompakt disk 4.7 GB axborot sig‘imiga ega.
Navbat – terabaytga! 1 terabayt axborot birligining hajmi – 1000 gigabaytga teng. Bu – taxminan 2 ming soat siqilmagan audio yoki axborotning o‘tish tezligi soniyasiga 128 KB bo‘lgan 17 ming soatlik audio fayl degani. Bu hajmdagi ma’lumotni yozish uchun 1400 dona CD-disk, 220 dona DVD-disk kerak bo‘ladi.
1980 yildan boshlab insonlar qabul qiladigan axborot hajmi har yili 6 foizdan oshib kelgan. Hozirga kelib bu ko‘rsatkich deyarli 400 foizga ko‘tarilgan. Bugun Petabayt (PB) (1024 TB), egzabayt (1024 PB), zettabayt (1024 EB, ya’ni bir milliard trillion bayt!)va boshqa axborot birliklari mavjud. Bu birliklarning chegarasi cheklanmagan. Taxminlarga ko‘ra, 2016 yil oxiriga kelib jahon internet tarmog‘ida mavjud jami axborotlar hajmi 1.3 zettabaytga yetadi.
Shuningdek, axborot birligining uzatilish tezligi ham mavjud. Bu biror elektron yoki raqamli qurilmada axborotning namoyon bo‘lishi, qabul qilinishi yoki uzatilishi, qayta ishlanishini anglatadi.
Axborotning uzatish tezligi hamda o‘lchov birliklari:
– Bit/sekund – bir soniyada aloqa tarmog‘i orqali uzatiladigan bitlar soni;
– Kbit/sekund – bir soniyada aloqa tarmog‘i orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;
– Mbit/sekund – bir soniyada aloqa tarmog‘i orqali uzatiladigan million bitlar soni;
– Gbit/sekund – bir soniyada aloqa tarmog‘i orqali uzatiladigan milliard bitlar soni.
Axborot kanallarining sig‘imi ularning muayyan vaqt oralig‘ida uzatadigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining ma’lumotni o‘tkazish qobiliyatini ham anglatadi.
Yakun:
Bit (bit) : 0 yoki 1 belgisiga teng.
Bayt (B) : 1 bayt = 8 bit
Kilobayt (KB) : 1 KB = 8,192 bit
1 KB = 1,024 bayt
Megabayt (MB) 1MB =1024 KB
Gigabayt (GB) 1 GB = 1024 MB
Terabayt (TB) 1TB = 1024 GB
Petabayt (PB) 1PB = 1024 TB
Egzabayt (EB) 1EB = 1024 PB
Zettabayt (ZB) 1ZB = 1024 EB



Download 43.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling