Mehmondo‘stlik industriyasi
Mehmonxona industriyasi tuzilmasi. Sayyohlik - zamonaviy hayotning ijtimoiy - iqtisodiy hodisasi va uning Mehmondo‘stlik industriyasiga ta’siri
Download 26.88 Kb.
|
Meh. Industriyasi
1.2. Mehmonxona industriyasi tuzilmasi. Sayyohlik - zamonaviy hayotning ijtimoiy - iqtisodiy hodisasi va uning Mehmondo‘stlik industriyasiga ta’siri.
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi turistik mintaqa bo‘lib, yetarli miqdorda xalqaro standartlarga javob beradigan mehmonxonalarga ega. O‘zbekistonda 200 dan ortiq mehmonxona ro‘yxatga olingan (2007 yil). Ulardan xalqaro klassdagi 4-5 kategoriyali 7 mehmonxona majmui mavjud. Ular xorijiy investorlar ishtiroki bilan qurilgan va rekonstruksiya qilingan. Bugunga kelib O‘zbekistondagi xorijiy va mahalliy sayyohlarga mo‘ljallangan joylashuv vositalari 966taga yetdi, yana 138tasida qurilish ishlari davom etmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 1 156 ta mehmonxona mavjud. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan. Mavjud mehmonxonalarning eng ko‘pi — 243 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Hududlar kesimida mehmonxonalar soni quyidagicha: Buxoro viloyati — 193 ta; Samarqand viloyati —149 ta; Toshkent viloyati — 109 ta; Farg‘ona viloyati — 98 ta; Xorazm viloyati — 82 ta; Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 60 ta; Qashqadaryo viloyati — 45 ta; Jizzax viloyati — 43 ta; Namangan viloyati — 36 ta; Navoiy viloyati — 34 ta; Surxondaryo viloyati — 29 ta; Andijon viloyati — 21 ta; Sirdaryo viloyati — 14 ta. Ma’lumot uchun, 25-avgust kuni imzolangan “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatilgan. Intercontinental (Toshkent). Besh yulduzli mehmonxona, shaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 246ta. Jumladan prezident apartamenti, 6 ta King Size shaklidagi xonalar. Xizmat ko‘rsatish ob’ektlari: 4 restoran, banket zallari, kafe, ikkita bar, sauna, ochiq va yopik basseynlar bo‘lgan fitness markaz, go‘zallik saloni, biznes markaz, 500 kishiga mo‘ljallangan konferens zal transport va x.k. Markaziy (Toshkent) – to‘rt yulduzli mehmonxona. Shaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 251ta. Standart nomerdan prezident apartamentigacha 6 xildagi xonalarni taklif etadi. Xizmat ko‘rsatish ob’ektlari: 3 restoran, banket zallari, kafe, ikkita bar, sauna, basseyn, go‘zallik saloni, biznes markaz, kutubxona, sovg‘alar do‘koni, sport zali, tennis korti, konferens zal transport va x.k. Afrosiyob (Samarqand) - to‘rt yulduzli mehmonxona. Samarqand shaharining markazida joylashgan. Xonalar soni 278ta. Standart nomerdan prezident apartamentigacha 6 xildagi xonalarni taklif etadi. Xizmat ko‘rsatish ob’ektlari: restoranlar, banket zallari, kafe, barlar, basseyn, go‘zallik saloni, biznes markaz, sovg‘alar dukoni, 300 kishiga mo‘ljallangan konferens zal, transport. Le Grand Plaza (Toshkent) - turt yulduzli mehmonxona. SHaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 190ta. Bir yoki ikki xonali standart lyuks nomerlar. Xizmat ko‘rsatish ob’ektlari: restoranlar, banket zallari, kafe, barlar, basseyn, go‘zallik saloni, biznes markaz, sovg‘alar dukoni, badiiy galereya, 600 kishiga mo‘ljallangan konferens zal, ekskursilar tashkil etish, transport xizmatlari. 1.3. “Mehmondo‘stlik industriyasi”, “mehmonxona industriyasi”, turizm industriyasi” tushunchaparining mohiyati, o‘xshash va farkdi jihatlari. Mehmondo‘stlik industriyasining iqtisodiy faoliyat turi sifatidagi asosiy tushuncha va tariflari. Ko‘plab davlatlarning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatida xorijiy turizmni ahamiyatining oshishi BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari tomonidan ushbu xalqaro hamkorlikning tez rivojlanayotgan sohasiga e’tiborning oshishiga olib keldi. 1963 yilda Rim shaxrida BMTning turizm va sayohatlar bo‘yicha birinchi konferensiyasi o’tkazildi. Unda turizm bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar ko‘rib chiqildi va uning rivojlanishi bo‘yicha maslaxatlar ishlab chiqildi. Rim konferensiyasining muhim natijasi «vaqtincha tashrif buyuruvchi», «turist», «ekskursant» kabi tushunchalarga rasmiy ta’rif berilishi bo‘ldi. Bu esa, masalan, turizmni statistik hisob-kitob qilishni unifikatsiyalash va taxlil qilish uchun muhimdir. Konferensiyada chegara va bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish, yengillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Bundan tashqari turizm rivojlanishining umumiy yo’nalishlari, uning moddiy bazasini, malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yaratish, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarga turizm sanoatini yaratishda yordam ko‘rsatish masalalari ham konferensiyada ko‘rib chiqildi. Rim konferensiyasining taklifi bilan 1968 yilda Bernda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (EKOSOS) rivojlanayotgan davlatlarda turizm muammolari bo‘yicha maxsus mintaqalararo seminar o‘tkazdi. Xalqaro turizm masalalari BMTning savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD) faoliyati doirasiga ham kiradi. Masalan, 1972 yilda bo‘lib o‘tgan YUNKTADning III sessiyasida «Turizmning rivojlanishi» rezolyusiyasi qabul qilindi. Unda xalqaro turizm statistikasining umumiy tamoyillari masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari BMT doirasida faoliyat ko‘rsatadigan barcha BMT mintaqaviy iqtisodiy komissiyalari turizmning rivojlanishi masalalariga katta e’tibor qaratib kelishmoqda. Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling