Mehmonxona axborot tizimining infologik modelini yaratishda idef diagrammalar


Download 41.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi41.33 Kb.
#1833812
1   2   3
Bog'liq
mehmonxona-axborot-tizimining-infologik-modelini-yaratishda-idef-diagrammalar

www.scientificprogress.uz
 
Page 409
yaratish, iqtisodiyotni diversifikasiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta 
tushumlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga 
ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, ularni amalga 
oshirish masalalariga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va 
qarorlarining ijrosini ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi. Ularda O‘zbekiston Respublikasida 
turizmni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan 
islohotlarga muvofiq Buxoro

Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida sayyohlik faoliyati xavfsizligini samarali 
ta‘minlash va sayyohlik xizmatlari ko‘rsatish uchun shart-
sharoitlar yaratish, Toshkent 
viloyati hokimligi huzuridagi turizmni rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil 
etish, Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, Qashaqdaryo viloyatining 
turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rish bilan bog‘liq 
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar belgilab berildi . Mexmonhona xo’jalik 
faoliyatini yuritishni avtomatlashtirish, sohadagi faoliyatni yanada samaraliroq qiladi. 
Infologik model – bu mehmonxonalar faoliyatini boshqarish uchun kompleks 
yechimni ta’minlash uchun mo’ljallangan mehmonxona axborot tizimi. Ushbu tizim 
mehmonxonaning turli funksiyalarini boshqarishning samarali usulini ta’minlashga 
qaratilgan, jumladan, mehmonlarni ro’yxatdan o’tkazish, xonalarni ajratish, band qilish, 
xo’jalik ishlarini yuritish va buxgalteriya hisobini yuritish.
Mehmonxona axborot 
tizimining infologik modeli boshqa tizimlardan ajralib turadigan bir qancha xususiyatlar 
bilan jihozlangan. Ushbu tizim mehmonxona ma'lumotlariga real vaqt rejimida kirishni 
ta'minlab, tez va samarali qaror qabul qilish imkonini beradi. Shuningdek, u yuqori 
darajadagi ma'lumotlar xavfsizligini va falokatlarni tiklashni taklif qiladi, bu esa muhim 
mehmonxona ma'lumotlarini har doim himoya qilishni ta'minlaydi.
Keltiriladigan diagrammalar quyidagitalablarga jjavob berishi lozim: 

Mehmonxona haqidagi asosiy ma’lumotlar 2GIs kartasida berilgan lokatsiyasi 
orqali chiqarish; 

Mehmonxonadagi bo’sh o’rinlar haqida ma’lumot berish; 

Bo’sh o’rinlarni bron qilish funksiyasini realizatsiya qilish; 

Mehmonxona qo’shimcha xizmatlar va jixozlanish bo’yicha ma’lumotlar taqdim 
etish; 

Mehmonxona daromadlari hisobini yuritish; 

Mehmonxona xarajatlar hisobini yuritish(soliq, gaz, suv, elektr, chiqindi, 
internet,arenda, maishiy xarajatlar, kundalik xo’jalik mollari, joriy remont 
xarajatlari, boshqa xarajatlar, xodimlarning oylik maoshlari va mukofot pullari 
ustamalari) 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Download 41.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling