Mehmonxona sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari


Avtoturistlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar va motellar


Download 45.01 Kb.
bet15/17
Sana08.01.2022
Hajmi45.01 Kb.
#245046
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mehmonxona sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari

Avtoturistlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar va motellar (motor-otellar) shosse yo‘llar yaqinida joylashadi. Shinam nomerlar va restoran (yoki qahvaxona)ga hamda umumiy ahamiyatga molik boshqa xonalarga ega mehmonxona binosidan tashqari, bu mehmonxonalar va motellar avtotransport vositalarini parkovka qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish imkonini beradi (avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi, ta’mirlash ustaxonalari, texnik xizmat khrsatish stansiyasi va h.k.ga ega bo‘ladi).

Motellarning joylashishi ularning vazifasi, shaharlar va shaharchalarning joylashgan o‘rni, avtomobil yhllari tarmog‘i, kelish yo‘llarining mavjudligi, muayyan joyning tabiiy-iqlimiy sharoitlari, davolash manbalari, tarixiy joylar hamda turistik jihatdan diqqatga sazovor boshqa joylarning mavjudligi bilan belgilanadi.

Avtoturistlar dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, avtomobil yo‘lining shovqini va changidan nomerlarni thsish maqsadida motelning dam olish zonasi bu yhldan ma’lum masofa (50-250 m) uzoqda joylashishi kerak. Bunda uchastka muayyan turistik ob’ekt yo‘lidagi avtoturistlar asosiy oqimi yo‘nalishining hng tomonida joylashgani ma’qul.

Motellarni joylashtirishda mamlakatning eng diqqatga sazovor tarixiy joylari va hududlarini bog‘lovchi oldindan belgilangan marshrutlar bhylab uzoq muddatli sayohatlar tashkil etish imkoniyatini nazarda tutish zarur. Bu holda yuqorida zikr etilgan barcha talablardan kelib chiqib motellar tarmog‘ini kompleks joylashtirish avtoturistlarda doimiy qiziqish uyg‘otadi va ular sayohat chog‘ida rang-barang taassurotlar olishini ta’minlaydi.

Chet elda motellar qurish amaliyotida kam qavatli (ikki qavatdan baland bo‘lmagan) motellar an’anaviy hisoblanadi. Chunonchi, AQShda 60 ming motelning 80% dan ko‘prog‘ini kam qavatli motellar tashkil etadi.

Darhaqiqat, kam qavatli motel bir qancha ustunliklarga ega:




  • avtoqhnalg‘ani nomer yaqinida joylashtirish mumkin;


  • konstruksiyalari juda sodda bo‘ladi;


  • talabdagi mavsumiy o‘zgarishlarga tez moslashtirish mumkin;


  • barcha nomerlarni ufqning chiroyli tomonlariga qaratib qurish mumkin;


  • engil konstruksiyalardan qurilgan kam qavatli motel binosi ko‘p qavatli va og‘ir konstruksiyali binolarga qaraganda ancha arzonga tushadi.





Download 45.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling