Mehmonxona va mehmonxona xizmatlari rivojlanish tarixi
Download 1.97 Mb.
|
mehmonxona va mehmonxona xizmati rivojlanishi tarixi
Dastlabki M. koʻrinishidagi bi-nolar Ossuriyada (miloddan avvalgi 10-asr) boʻlgan. Bu turdagi binolar turli xalqlarning yashash sharoitlari bilan bogʻliq ravishda turlicha atalgan. Mac, Oʻrta Osiyoda karvonsaroy, rabot, "zoviya", arablarda "xon", Rossiyada "Gostiniy dvor", "korchma", Fransiya va Ispaniyada "taverna", "harchevna", inglizlarda "inna", yaponlarda "ryokan" kabi. 18-asrdan boshlab Fransiyada "otel" nomi bilan yuritila boshladi va h. k. Keyinchalik bu nom boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Otel tipidagi M.lar ilk bor Rossiya (Moskva)da 1879 yil qurilgan (mas, "Grand-Otel" M.si, u 1959 yil "Moskva" M.si bilan birlashtirilgan). Oʻrta Osiyoda dastlabki M. Toshkentda 1905 yil qurilgan ("Natsional", keyinchalik "Sharq" deb nomlangan).
Oʻzbekistonda zamonaviy milliy meʼmorlik anʼanalari, mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olib "Le Meridian Toshkent", "Oʻzbekiston", "Turon", "Afrosiyob", "Chorsu", "Buxoro", "Interkontinental", "Sheraton", "Dedeman silkraud", "Grand mir" va boshqa mehmonxonalar bunyod etildi. Bundan tashqari, turli vazirlik va idoralarga qarashli mehmonxonalar ("Lokomativ", "Sayohat", "Kosmos" va boshqalar), umumiy mehmonxonalar, turistlar mehmonxonalari, yoʻlovchilar (aeroport, vokzal, avtovokzal va boshqalar) M.si, sportchilar M.si, avtoturistlar M.si (motel, kemping va boshqalar), zamonaviy klass, razryadga boʻlingan (4 va 5 yulduzli), jahon talablariga javob bera oladigan mehmonxonalar bunyod etilmoqda.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling