O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Multimedia texnologiyalari” kafedrasi
WEB DASTURLASHGA KIRISH FANIDAN
MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH VA
BAJARISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
Toshkent 2021
2
ANNOTATSIYA
Talabalarning mustaqil ish bajarish bo‘yicha mualliflar tomonidan tayyorlangan
uslubiy ko‘rsatma Kompyuter injiniringi fakulteti talabalarning 5330500 –
Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) bakalavriyati ta’lim
yo‘nalishini fanlari uchun mo‘ljallangan.
Uslubiy ko‘rsatma tarkibiga quyidagilar kiradi:
- musatil ta’limni
yuriqnomasu va nizomi;
-mavzuni tanlash, axborotli va ilmiy
izlanish, ilmiy natijalarni shakllantirish,
ishni jihozlash va taqdimotni tayorlash bo‘yicha,
amaliy tavsiyalarni;
Amaliy tavsiyanoma mustaqil ta’limini bajarish bosqichlari uchun ilmiy
metodlardan foydalanib ishlab chiqildi.
Uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirining 2015 yil 9 sentabrdagi 5-2015-son buyrug‘i, 2015 yil 26 oktabrdagi 8-
2015-son buyrug‘i va 2009 yil 14 avgust 286-sonli buyrug‘i hamda ta’lim
to‘g‘risidagi qonun, davlat ta’lim standartlari va ilmiy ishlarni jihozlash
uchun ishlab
chiqilgan boshqa normativ hujjatlar asosida tuzildi. Bakalavr yo‘nalishlarining
mustaqil ish esa talabalarning mehnati sifatida qaraladi.
Tuzuvchilar:
«Multimedia texnologiyalari» kafedrasi dotsenti, PhD,
D.K.Sharipov
«Multimedia texnologiyalari»
kafedrasi assistenti
M.M. Mahmudova
«Multimedia texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchsi
E.E.Sayfiyev