Mehmonxona web-sayti


Talabalar mustaqil ishini baholash


Download 428.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana02.11.2023
Hajmi428.83 Kb.
#1739345
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
 
Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta’lim 
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi 
to‘g‘risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi. 


10 
Mustaqil ishlarni baholash tartibi 
Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning bajarilishi 
yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning talabalar tomonidan 
bajarilish muddati, yozma yoki ilmiy loyiha ishlariga qo’yilgan talabga qay darajada 
javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash 
me’zonida nazarda tutiladi. Mustaqil ishning bajarilishini nazorat qilish oraliq 
nazoratlarda olib boriladi. Mustaqil ishlarning baholash me’zoni quyidagicha tashkil 
etish mumkin: 
Barcha ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun - oraliq nazoratga ishchi dastur 
bo’yicha maksimal 25(15/10) ball belgilangan bo’lib, mavzular bo’yicha 
multimedialar tayyorlashi, taqdimotlar, ko’rgazmali qurollar va testlar tayyorlashdagi 
faoliyati va mavzularni o’zlashtirishini o’z ichiga oladi, shundan, mustaqil ta’lim 
soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda web dasturlashga kirish bo’yicha 
berilgan mustaqil ta'limni bajarishi uchun maksimal 10(8/2) ball, oraliq nazorat uchun 
jami 25 ball belgilangan. 
Talabalar tomonidan yuqori saviyada va mukammal yozgan mustaqil ishi bilan 
kafedra tavsiyasiga binoan fakultet yoki institut darajasida o’tkaziladigan 
talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishi mumkin. 


11 
II. MUSTAQIL ISH TUZILMASI 
 
2.1. Mustaqil ish kuyidagi qismlardan tashkil topishi lozim: 
• titul varag‘i; 
• mundarija; 
• kirish; 
• mavzuni yoritilish qismi (3-4 qismdan iborat bo‘lishi mumkin); 
• xulosa; 
• foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; 
• ilova (agar lozim bo‘lsa). 
2.2. Titul varaqa mustaqil ishning birinchi beti hisoblanib, qat’iy ravishda 
tasdiqlangan qoida bo‘yicha to‘ldiriladi (titul varag‘ining namunasi 1 ilovada 
keltirilgan); titul varag‘idan so‘ng mundarija joylashtiriladi. 
2.3. Mundarija - mustaqil ishning qism, bo‘lim va paragraflarining ro‘yxati. 
Mustaqil ishning bo‘lim va paragraflarining nomlarini qisqartirilgan holda yoki 
tasdiqlangan qoidadan boshqa ko‘rinishda berish mumkin emas. 
2.4. Kirish qismida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim: 
• o‘rganilayotgan mavzuning ahamiyati;
• mavzuning dolzarbligi (agar yangi texnologiyalarga tegishli bo‘lsa); 
• mavzuni o‘rganishdan maksad; 
2.5. Bo‘limda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim: 
• o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni, uning telekommunikatsiya tarmoqlaridagi 
o‘rni, vazifasi, qo‘llanish usullari, tuzilish tarkibi va xokazolar; 
• ushbu soha muammolarining tahlili va rivojlantirish istiqbollari; 
• telekommunikatsiya sohasiga nisbatan masallaning umumiy qo‘yilishi va echimga 
talablar; 
mavjud echimlar sharhi, ularning ustunliklari va kamchiliklari, qo‘yilgan talablarga 
mosligi; 
• masalani ko‘yish va sohani talablarini hamda mavjud echimlarni kamchiliklarini 
hisobga olgan holda mazkur ishga talablarni aniqlash; 
2.6. 
Mustakil ishda bajarilgan ishlarning xulosasi «Xulosa» degan bo‘limda 
keltiriladi. Har bir xulosa asoslangan bo‘lib, qo‘yilgan masalani bajarilganlik darajasi 
hamda kelgusida rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Faqatgina jiddiy 


12 
tahlil kilingan va tekshirilgan natijalar asosida xulosa chiqarish tavsiya etiladi. 
Xulosalar qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim.
2.7. Adabiyotlar ro‘yxatiga muallif foydalangan barcha manbalar kiritiladi. 
Fanlar bo‘yicha mustaqil ishni bajarish va rasmiylashtirishga namuna ilovada 
keltirilgan. 
Mustaqil ish matni A4 formatdagti varaqda, o‘lchamlari chapdan 3.0 sm, o‘ngdan 1.5 
sm, yuqoridan va pastdan 2.0 sm, Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda, 1.5 
intervalda terilishi lozim. 


13 

Download 428.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling