Mehmonxona xo‘jaligini boshqarish asoslari
Turistik mehmonxona xo‘jaliklarida boshqaruv davrlari
Download 48.19 Kb.
|
Mehmonxona boshqarish tizimi
Turistik mehmonxona xo‘jaliklarida boshqaruv davrlari
Mehmonxona xo‘jaligida boshqaruv jarayoni 4 vazifani bajaradi. Bular: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazoratdir. Bu vazifalar moddiy boylik yaratish, mablag‘ bilan ta’minlash, marketing va boshqalarga doir boshqaruv faoliyatining hamma turlarini o‘z ichiga oladi2. Rejalashtirish vazifasi mohiyati bilan qarorlar tayyorlash jarayonidir. Rejalashtirish bosqichlari maqsadni o‘rtaga qo‘yish, mavjud imkoniyatlar shart-sharoitini aniqlash, muqobil sharoitlarni belgilab olish, eng yaxshi yo‘lni tanlash, rejani ishga solish va bajarishdan iborat. Tashkil etish vazifasi menejer va ijrochilar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Bu avvalo, menejerning o‘z imkoniyatlariga baho berishi, o‘ziga bo‘ysunadigan xodimlarni o‘rganib chiqish, har bir xodimning salohiyati, nimalarga qodirligini aniqlab olishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Mana shu tashkilotchilik faoliyati boshidan oxirigacha mehmonxonaning aniq tizimlari doirasida o‘tadi. Motivatsiya - tayyorgarlik choralarini ko‘rib bo‘lgandan keyin menejer ishini muvoffaqiyatli suratda bajarilishini ta’minlash kerak. Shu maqsadda rag‘batlantirish, ya’ni tashqi omillar (moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish) yordamida xodimni jo‘shqin faoliyatga undash, hamda asl motivatsiya, ya’ni personalda mehnatga ichki (psixologik) rag‘batlar hosil qilishdan foydalaniladi. Bu o‘rinda mehnatdan manfaatdorlik, mehnat faoliyatiga ehtiyoj sezish, mehnat faoliyatidan qanoat tuyg‘usini his qilish muhimdir. Mana shu boshqaruv vazifasini muvoffaqiyatli bajarish uchun menejer muloqot olib borishi, aloqalar bog‘lashining turli jihatlarini yaxshi bilishi, o‘zida tegishli malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borishi shart. Ma’lumki, menejer doimo boshqaruv vazifalarini bajarish bilan band bo‘ladi. Agar u o‘z mehmonxonasi istiqbolini ta’minlashni istasa, boshqaruv ishining hamma tafsilotlariga jiddiy kirishmog‘i lozim. Ishni avvalo rejalashtirishdan boshlash lozim. Turli kasb egalari, har bir professional menejer o‘z ishini rejalashtiradi. Nazorat haqiqatdan erishilgan natijalarni tekshirib chiqish va topshirilgan vazifalar bilan solishtirib ko‘rishdir. Aloqa yaxshi yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, ya’ni tegishlicha nazorat olib boriladigan mahalda tashqiliy jihatdan oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin. Samarali nazorat maslahat, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riq, rag‘batlantirish, bu ma’qullashtirish va hokazodir. Nazorat personal tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun undan o‘ch olish yoki jazolash emas, balki tarbiyalash, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir. Mehmonxona xo‘jaligi boshqaruvining asosiy vazifalari menejerning qaror qabul qilishiga doir xatti - harakatlar bilan chambarchas bog‘liq. “Samarali qonunlar mehmonxonaning gullab - yashnashi uchun garovdir”, deb ta’kidlagan edi mehmonxona menejmenti xususida amerikalik nazariyotchi K.Killen. Bunday qarorlar boshqaruvning yuqorida aytib o‘tilgan vazifalardan har birining muhim elementidir. Qaror qabul qilish mehmonxona boshqaruviga doir qo‘llanmalarda ko‘rsatilganidek, qaror qabul qilish, ya’ni bir to‘xtamga kelish, qanday bo‘lmasin, biror fikrga kelish yoki qilinishi mumkin bo‘lgan ishlarni aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Qarorlar qabul qilish menejerning fikri - zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer turli masalalar yuzasidan tashkiliy, xodimlarga oid, texnologik, ta’minot masalalari va shunchaki ro‘zg‘or masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Ba’zi hollarda menejer bu ishni o‘zi yakka boshchilik bilan, boshqa holatda o‘z yordamchilari bilan, yana uchinchi holatda ekspertlar va jamoatchilikni jalb qilib turib uddalaydi. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo‘lsagina o‘rinli deb hisoblanadi. Mehmonxona boshqaruviga oid qaror qabul qilish ishi juda aniq tamoyillarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 48.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling