Mehnat bozori 1-masala


Download 36.47 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi36.47 Kb.
#1431517
  1   2
Bog'liq
mehnat bozori


Mehnat bozori
1-masala. Respublika bo’yicha iqtisodiyotda band bo’lgan va iqtisodiy faol aholi soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan (ming kishi):






Ko’rsatkichlar

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil






















1.

Iqtisodiy faol aholi

10224,0

10492,5

11299,2

11603,1




2.

Iqtisodiyotda ish bilan band
















bo’lganlar

10196,3

10467,0

10735,4

11035,4




Iqtisodiy faol aholi, ish bilan bandlar va ishsizlar soni bo’yicha mutlaq o’zgarishini, o’zgarish sur’atini va qo’shimcha o’zgarish sur’atini aniqlang (bazis va zanjirsimon usullarda). Natijalar asosida qisqacha xulosa qiling.




2-masala. Shaharda ish bilan band aholi soni 2022-yil 1-yanvarda 352 ming kishi; 1-aprelda 354 ming kishi; 1-iyunda 368 ming kishi; 1-oktabrda 358 ming kishi va 1-yanvar 2023-yilda 360 ming kishi. Ishsizlar soni mos ravishda 39 ming kishi, 40 ming kishi, 32 ming kishi; 35,4 ming kishi va 40 ming kishi.


Aniqlang:

  1. iqtisodiy faol aholi, ish bilan band aholi va ishsizlarni 2022-yildagi o’rtacha sonini;




  1. shu davrda ish bilan bandlik va ishsizlar koeffitsiyentini.



3-masala. Joriy yilda viloyatda aholisining o’rtacha soni

2997,1 ming kishini, mehnat resurslari 1668,7 ming kishini, iqtisodiy faol aholi


1352,6 ming kishini va ish bilan band aholi 1280,1 ming kishini tashkil etgan.

Aholining iqtisodiy faollik, ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsiyentlarini aniqlang.




4-masala. Tumanda 2022-yili aholining o’rtacha soni 2013,0 ming kishini, ishsizlar soni 35,4 ming kishini, jami aholi sonida iqtisodiy faol aholi 31,8%ni tashkil etgan.


Aniqlang:

  1. iqtisodiy faol aholi sonini;

  2. iqtisodiy faol aholi, ish bilan band aholi va ishsizlar koeffitsiyentini.



5-masala. Viloyat aholisi 5200 ming kishi bo’lib, shundan 52,8% ayollardir. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi erkaklar salmog’i, ularning umumiy sonida 62,1%, ayollar salmog’i esa 52,5% tashkil etgan. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi shaxslarning 1% ishlamayotgan I va II-guruh nogironlaridir. Bundan tashqari 93,6 mingta nafaqaxo’r va 10 ming nafar 14-15 yoshdagi o’smirlar haq to’lanadigan ishga egadir. Viloyat hududida 15 mingta boshqa davlatlarning fuqarolari ishlagan va boshqa davlatga 7 ming kishi ishlashga ketgan. Iqtisodiy faol aholi 2397,5 ming kishini tashkil etib, shundan 9% ishsizlardir. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi iqtisodiy nofaol aholi 650 ming kishiga teng bo’lgan.



Download 36.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling