Mehnat bozori statistikasi Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
Download 39.7 Kb.
|
Statistika - Xalilov Yusufxo\'ja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mehnat bozori tahlili
- 3. Ishsizlik darajasini kamaytirish
Mehnat bozori statistikasiIqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),Xalilov Yusufxo'jaReja: 1. Mehnat bozori haqida tushuncha 2. Mehnat bozori tahlili 3. Ishsizlik darajasini kamaytirish1. Mehnat bozori haqida tushunchaMehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi.2. Mehnat bozori tahliliIqtisodiy faol va nofaol aholi. Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratiladi. Iqtisodiy faol aholi o‘z ishchi kuchini mehnat bozoriga taqdim etadi va ish beruvchilar uni sotib oladilar. Iqtisodiy nofaol aholi esa ob’ektiv sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi. Ishchi kuchi bozorini holatini baholash uchun quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi: Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsienti – umumiy aholi sonida mehnatga layoqatli aholi salmog‘ini ifodalaydi.Mehnatga layoqatli yoshdagi aholini bandlilik Kt - mehnatga layoqatli yoshdagi aholini shu yoshdagi umumiy aholi sonidan salmog‘ini ifodalaydi.3. Ishsizlik darajasini kamaytirishIshsizlik darajasi – ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati bo‘lib, u foizlarda ifodalanadi. Aholini iqtisodiy faollik darajasi – iqtisodiy faol aholini umumiy aholi sonidagi salmog‘ini ifodalaydi. Mehnatga layoqatli aholi – yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnat qila oladigan kishilar hisoblanadi. Mavjud bo‘lgan qonuniyatga asosan bizning mamlakatimizda mehnatga layoqatli yosh: erkaklar uchun 16 dan 59 yosh va ayollar uchun 16 dan 54 yoshgacha hisoblanadi. SHu yoshdagi kishilar sog‘ligi bo‘yicha: mehnatga layoqatli va layoqatsiz guruhlarga ajratiladi. Layoqatsiz guruhga ishlamayotgan I va II guruh nogironlar, shuningdek mehnat yoshida bo‘lib, ishlamayotgan nafaqaхo‘rlar (ular imtiyozli shartlar bilan nafaqa olayotganlar) quyidagi rasmda O‘zbekiston aholisining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi keltirilgan (foizda).Mehnatga layoqatli aholi – yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnat qila oladigan kishilar hisoblanadi. Mavjud bo‘lgan qonuniyatga asosan bizning mamlakatimizda mehnatga layoqatli yosh: erkaklar uchun 16 dan 59 yosh va ayollar uchun 16 dan 54 yoshgacha hisoblanadi. SHu yoshdagi kishilar sog‘ligi bo‘yicha: mehnatga layoqatli va layoqatsiz guruhlarga ajratiladi. Layoqatsiz guruhga ishlamayotgan I va II guruh nogironlar, shuningdek mehnat yoshida bo‘lib, ishlamayotgan nafaqaхo‘rlar (ular imtiyozli shartlar bilan nafaqa olayotganlar) quyidagi rasmda O‘zbekiston aholisining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi keltirilgan (foizda).Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://azkurs.org/ozbekistonda-yoshlar-ishsizlikni-kamaytirish-yollar.html 2. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/iqtisodiyot/ishsizlik-sabablari-hususiyatlari-va-kamaytirish-yo-llariDownload 39.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling