Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari. Mehnat resurslari va harakat ko'rsatkichlari
Maksimal imkoniyatli ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti
Download 106.06 Kb.
|
2 5305284573435800945
Maksimal imkoniyatli ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (MIVF) xaqiqiy ishlangan kishi / kunlarni maksimal imkoniyatli ish vaqti fondiga bo„lib topiladi. Bu ko„rsatkichlar ichida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti muhimroqdir.
6. Xodimlar mehnat unumdorligi ko„rsatkichlari Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi muhim iqtisodiy ko„rsatkichdir. Korxonalarda mehnat unumdorligi ma‟lum vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtga bo„lib topiladi. Bu ko„rsatkichning teskarisi bo„lib ma‟lum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt (mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt) sifatida ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari har bir xodimga to„g„ri keladigan (yoki ishchiga) ishlab chiqarilgan mahsulot ham xodimning (ishchining) o„rtacha mehnat unumdorligini bildiradi. Bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulot (ko„rsatilgan xizmatlar)natural (kg, metr, kabi), shartli natura va qiymat o„lchovdagi ko„rsatkichlari qo„llanishi mumkin. Natura ko„rsatkichlarida mehnat unumdorligini aniqlash va o„zgarishlarini o„rganish yaxshi, ayniqsa narxning ta‟siri bunda bo„lmaydi, lekin chegaralangan chunki mehnat unumdorligini natura ko„rsatkichda faqat bir xil (tur)dagi mahsulot ishlab chiqarishda aniqlash mumkin. Mehnat unumdorligini (V) natura o„lchovida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini (G) ja‟mi sarflangan vaqtiga (T) bo„lib topamiz. V = G ; Т Mehnat unumdorligi qiymat o„lchovida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (Σqp) sarflangan vaqtga bo„lib topiladi. V = qp; ularning indeksi Т Ularning davrlar bo„yicha o„zgarishi ya‟ni dinamik indeksi. Jv = V 1 = q1p1 : q p; Vo Т1 Тo Mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt kishi-minut, kishi-soat, kishi-kunlarda ifodalanishi mumkin. Mehnat unumdorligi o„rganilganda yuqoridagi ko„rsatkichlarga asosan: natural usulda: a) sarflangan vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, misol 1 soatda terilgan paxta, tayyorlangan non mahsuloti; b) bir xodimga to„g„ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot, misol bir terimchiga to„g„ri keladigan terilgan paxta, bir xodimga to„g„ri keladigan non mahsuloti (kg, tonna); v) bir ishchiga to„g„ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. Shartli natural va qiymat o„lchovlarida ham bu ko„rsatkichlar aniqlanadi va o„rganiladi. Statistikada bu ko„rsatkichlar holati o„rganilib qolmasdan, korxonalarda mehnat unumdorligi qanday o„zgarayotganligi aniqlash uchun, ularning dinamikasi ya‟ni ma‟lum vaqt-davr mobaynida (oy, chorak, yil) o„zgarishi ham aniqlanadi va o„rganiladi. Mehnat unumdorligi dinamikasi iqtisodiy indekslar yordamida o„rganiladi. Bunda o„zgaruvchan va doimiy tarkibli indekslar, hamda tarkibiy o„zgarishlar (siljishlar) indekslaridan foydalaniladi. Natijada mehnat unumdorligiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va uning tarkibi o„zgarishning, hamda narx o„zgarishining ta‟siri aniqlanadi. Download 106.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling