Mehnat bozori statistikasi


Download 138.17 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi138.17 Kb.
#1552298
  1   2   3   4
Bog'liq
MEHNAT BOZORI STATISTIKASI

MEHNAT BOZORI STATISTIKASI

1. Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari. 2. Mehnat resurslari va harakat ko‘rsatkichlari 3. Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi 4. Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari. 5. Xodimlar ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi. 6. Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari.

Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari

  • Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish, kasb tanlash erkinliklari Respublika Konstiutsiyasida (37–modda) kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga majburlash (qonunda ko‘rsatilgan: harbiy yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan, favqulodda vaziyatlar va shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning ish kuchiga ehtiyoj kasb-kori, mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat qilish xususiyatlariga qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga bog‘liq. Statistika makro va mikrodarajada aholining ish bilan bandlik, ishsizlik, mehnat resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi, ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu ma’lumotlarni tegishli boshqaruv organlariga to‘plab va qayta ishlab beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar barcha ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardir. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozori ko‘rsatkichlarini xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan statistik me’yorlar asosida aniqlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, mehnat bozori statistikasining asosiy vazifalariga yana quyidagilar kiradi: - aholining iqtisodiy faol qismi, ish bilan band aholi, ishsizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, hamda va ularning o‘zgarishini o‘rganish va tahlil qilish; - ishchi kuchi (mehnat resurslari) harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish; - ish vaqti fondi va ish vaqti fondidan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishlarini o‘rganish; - ishsizlar turlarini, tarkibini va sabablarini o‘rganish va ularning o‘zgarishini tahlil qilish.

Download 138.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling