Xodimlar harakati ko‘rsatkichlari: ishga qabul qilinganlar koeffitsienti, ishdan ketganlar koeffitsienti, turg‘unlik koeffitsientlari bilan ifodalanadi. Xodimlarning ishga qabul qilish koeffitsienti – hisobot davrida yangi qabul qilingan xodimlar sonini korxona xodimlarning o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.; - Xodimlar harakati ko‘rsatkichlari: ishga qabul qilinganlar koeffitsienti, ishdan ketganlar koeffitsienti, turg‘unlik koeffitsientlari bilan ifodalanadi. Xodimlarning ishga qabul qilish koeffitsienti – hisobot davrida yangi qabul qilingan xodimlar sonini korxona xodimlarning o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.;
- Xodimlarning ishdan ketish koeffitsienti – hisobot davrida ishdan bo‘shatilib ketganlar sonini korxona xodimlari o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.;
- Korxona xodimlarining umumiy aylanma (oborot) koeffitsienti – ishga qabul qilinganlar va ishdan ketganlar sonini qo‘shib (IK) korxona xodimlarining o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.
Xodimlarning ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi - Kalendar ish vaqti fondi – bir yil (oy, chorak) – 365 kelendar kun hisoblanib, korxonadagi xodimlar soniga ko‘paytirib topiladi.Misol: Korxonada 100 kishi ishlaydi. Demak,bir yilik kalendar ish vaqti fondi 100x365= 36500 kishi-kunlardan iborat.
- Tabel ish vaqti fondi – bu kalendar ish vaqtidan dam olish va bayram kunlarini chiqarib tashlanganiga teng. Demak 365 kundan dam olish kunlarini (taxminan – 52 kun) va bayram kunlarini (9 kun) ayirib tashlasak 304 kunga teng bo‘ladi. Misolimizdagi bo’yicha korxonaning bir yilik tabel ish vaqti fondi=100x304=30400 kishi-kun bo’ladi.
SAVOLLAR - 1. Mehnat bozori statistikasi mohiyati va uning vazifalari 2. Mehnat resurslari va uning mohiyati. 3. Mehnat resurslarining guruhlanishi. 4. Mehnat resurslari ko‘payish ko‘rsatkichlari 5. Mehnat resurslari kamayish ko‘rsatkichlari 6. Iqtisodiy faol aholi statistikasi. 7. Aholining bandlik ko‘rsatkichlari 8. Ishsizlik va uning turlari, ishsizlik darajasi. 9.Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni va o‘rtacha ishga kelgan xodimlar soni qanday aniqlanadi? 10.Xodimlar harakati ko‘rsatkichlariga tavsif bering? 11.Xodimlarning ish vaqt ko‘rsatkichlarini tavsiflang?
Do'stlaringiz bilan baham: |