Mehnat bozori statistikasi
Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi
Download 62.2 Kb.
|
Mehnat bozori statistikasi
3.Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi
Xalqaro statistik andozalarda iqtisodiy faol aholi tushunchasi bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ish kuchini (mehnatini) taklif qilishga tayyor kishilardir. Iqtisodiy faol aholi xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida mehnat qilish bilan band bo‘ladi. Lekin turli sabablarga ko‘ra ishlamasdan yurgan iqtisodiy faol aholi bo‘lishi mumkin, ularni ishsizlar deyiladi. Demak iqtisodiy faol aholini ish bilan band va ishsizlar guruhlariga ajratish lozim. Ish bilan band aholiga turli mulk shakliga asoslangan (davlat korxona va tashkilotlarida, shirkat va aksioner jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, dehqon-fermer xo‘jaliklarida va shu kabilar) korxona va tashkilotlarda yollanma ishchi sifatida ishlab mehnat haqqi olayotgan, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘z xo‘jaliklarida ishlayotgan shaxslar kiradi. Aholi yashashi uchun mehnat qilib, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishi va iste’mol qilishi lozim. Bozor munosabatlari sharoitida moddiy ne’matlarni turli mulk shakliga asoslangan faoliyat yurituvchi subyektlar (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, savdo va ovqatlanish hamda sh.k. tarmoq korxonalari) ishlab chiqaradi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2016-yil 1-yanvar holatiga 278.5 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, ularning 239.4 mingtasi, ya’ni 86%i nodavlat mulk shakliga asoslangandir.
Download 62.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling