Mehnat bozori statistikasi
Download 62.2 Kb.
|
Mehnat bozori statistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasb-hunar 3 Qurilish tashkilotlari
- 1-chizma. Mehnat bozori ishtirokchilarining tarkibi
1-chizma. Mehnat bozori ishtirokchilarining tarkibi Aholi bandligini ta’minlashda Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 6 maydagi “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega. Ushbu qarorga ko‘ra aholi bandligi o‘sishining prognoz ko‘rsatkichlarini qanday bajarganligiga qarab, mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari (lavozim maoshining 15 foizi miqdorida), hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga (lavozim maoshining 20 foizi miqdorida) rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki jarima solish choralari qo‘llanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’kidlanganidek, faqat 2017 yilda 336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Xodimlarni ishga joylashtirishda Respublika Mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, televideniye, radio va OAVda beriladigan reklamalarning o‘rni kattadir. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 2016-yilda 13298,4 ming kishi ish bilan band bo’lgan. Ularning katta qismi yani 81% ko’prog’i nodavlat sektorida foliyat yurituvchi subyektlarda ishlaydi. Ish bilan band bo’lganlardan sanoat tarmoqlarida, qurilish va transportda- erkaklar ko’p ishlaydi; ta’lim , madaniyat, sanat, sog’liqni saqlash, savdo va umumiy ovqatlanishda- ayollar ko’proq ishlar ekan. 2016-yilda ish bilan band bo’lganlardan ma’lumoti 2015 yil bo’yicha : Oliy ma’lumotliylar – 34,3% O’rta maxsus ma’lumotliylar-44,7% O’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotliylar – 21.0% Hozirgi paytda 1500 ko’proq kasb-hunar muassasalari foliyat yritayotgan bo’lib, ularda yoshlar xalq xo’jaligining turliy tarmoqlariga mutaxassislar tayorlab bermoqdalar. Demak, bundan keying yillarda o’rta maxsus ma’lumotlilar hissasi o’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotlilar hisobiga oshib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish haqqiga ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida ro‘yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta tayyorlanishga tayyor bo‘lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi. Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi turlarga bo‘ladi: Friksion ishsizlik; Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik; Davriy ishsizlik.
Friksion ishsizlarga ish yoki turar joylarini o‘zgartiruvchi, mavsumiy ishlar tugallanmaganligi sababli, o‘quv yurtlarini birtirganligi sababli ish qidirib yurgan ishsizlar kiradi. Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlar ishlab chiqarish tarkibi yoki uning texnologiyasi tubdan o‘zgarib, kasblarning ayrim turlariga talab kamayganligi sababli kelib chiqadi. Bozor munosabatlari raqobatda sinmaslik uchun yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishni taqazo etadi. O‘z nabatida Fan va texnikaning juda tez taraqqiy etishi, yangi kasb, mutaxassislarni talab qiladi. Demak, yangi texnikalarda yoki yangi texnologiya bo‘yicha ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash kerak. Bu esa birmuncha vaqtni talab qiladi. Davriy (siklik) ishsizlik – ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning inqiroz siklida paydo bo‘ladi va yuksalish davrida yo‘qoladi. Shuning uchun bunday ishsizlikni davriy (siklik) ishsizlik deyiladi. Ma’lumki, mamlakatlarda iqtisodiyotning inqiroz davrida ko‘pgina korxonalar yopiladi (faoliyatini), ishchilar ko‘chaga haydaladi. Ishsizlar sonini hisobga olish joylarda tashkil etilgan mehnat birjalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ishsizlarni bo‘sh o‘rinlarga joylashtirish, zarur bo‘lsa yangi kasbga qayta o‘qitish, statistikada aholining bandlik va ishsizlik koeffitsientlari o‘rganiladi. Mehnat resurslarining bandlik koeffitsienti (MRBK) ish bilan band bo‘lgan aholi sonini (IB) iqtisodiy faol aholi soniga (IFA) bo‘lib topiladi. MB 17 BET Download 62.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling