Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari


O'ZBEKISTONI MODERNIZATSIYA QILISH


Download 105.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana23.02.2023
Hajmi105.13 Kb.
#1225987
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish

O'ZBEKISTONI MODERNIZATSIYA QILISH
SHAROITIDA QURILISH SANOATIDA MEHNAT
POTENTSIALINING ROLI VA AHAMIYATI
Kalit so’zlar
Inson kapitali, qurilish, ob'ektlarni rekonstruksiya qilish
hajmining o'sishi, tezlashtirilgan urbanizatsiya, innovatsion
usullar.
Annotatsiya
Zamonaviy sharoitda O'zbekistondagi qurilish ikkita
muammoga munosib javob berishi kerak: ob'ektlarni
rekonstruksiya qilish va jadallashtirilgan urbanizatsiya
bo'yicha
ishlar
hajmini
oshirish.
Bu
qurilish
tashkilotlarining inson kapitaliga bo'lgan talablarning
sezilarli darajada oshishini anglatadi. Etarli inson kapitalini
shakllantirish innovatsion usullardan foydalanishni talab
qiladi. Bir qator tashkilotlarda sanoatning inson kapitali
iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni ta'minlay olmaydi.
Zamonaviy innovatsion usullar va boshqaruv shakllaridan
foydalangan holda O'zbekiston qurilish sohasida inson
kapitalini barqaror rivojlantirishning sifat jihatidan yangi
tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.


4.
Tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish
Tadqiqotda tovarlar va xizmatlar eksportining hududlarga xos
xususiyatlarini ochib berish va tavsiflashda qiyosiy tahlil usuli - RCA
(Revealed comparative advantage) indeksidan foydalanildi.
Tadqiqot natijalariga koʻra, tovarlar va xizmatlar eksporti tayyorlik
darajasi boʻyicha 4 guruhga boʻlindi: resurslar (mineral, nooziq ovqat,
qishloq xoʻjaligi), qayta ishlangan sanoat tovarlari (kimyo, metallurgiya,
toʻqimachilik), yuqori qoʻshilgan qiymatli tovarlar (elektrotexnika,
mashinasozlik, farmatsevtika), servis (xizmatlar).
Oʻzbekiston eksportining salmoqli qismini qayta ishlangan sanoat
tovarlari (34,9 foiz) tashkil etadi. Bu asosan toʻqimachilik sanoati
(Andijon, Namangan, Toshkent, Fargʻona viloyatlari, Toshkent shahri
asosiy eksportchilar hisoblanadi) va metallurgiya (Toshkent viloyati,
Toshkent shahri )ning eksport salohiyati bilan bogʻliq.
Resurslar, yaʼni mineral (Toshkent, Buxoro viloyati), nooziq ovqat
xomashyosi (Navoiy, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri) va qishloq
xoʻjaligi mahsulotlari eksporti (16,5 foiz) (Samarqand, Toshkent,
Fargʻona viloyatlari) jahon bozorida talab yuqori boʻlgan uglevodorod
xomashyosi, koʻmir, sabzavot va mevalar mavjudligi bilan bogʻliq.
Yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar eksportining mamlakat
eksportidagi ulushi 5,3 foizni tashkil etadi. Bular asosan elektrotexnika
(Toshkent shahri, Toshkent viloyati), farmatsevtika (Toshkent, Sirdaryo,
Toshkent, Samarqand viloyatlari), mashinasozlik (Andijon, Samarqand
viloyati,
Toshkent
shahri)
tarmoqlarida
ishlab
chiqarilgan
mahsulotlardir.
Raqobat ustunligini baholashda hududlarning quyidagi xususiyatlari
aniqlandi:
- mamlakat hududlarining aksariyati resurslar, xususan, nooziq ovqat
xomashyosi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish
imkoniyatiga ega, sanoat mahsulotlarini qayta ishlashda toʻqimachilik


mahsulotlari eksporti salohiyatga ega boʻlib, bu hududiy eksport
diversifikatsiyasining ijobiy holatidan dalolat beradi;
- yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan tovarlar, xususan,
elektrotexnika va mashinasozlik tovarlari, shuningdek, xizmatlar
eksportida bir yoqlamalik kuzatiladi, bu esa hududlarda eksportga
yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish bilan bogʻliq
masalani koʻrib chiqishni taqozo etadi;
- yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirishda
Jizzax, Namangan, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida katta imkoniyatlar
mavjud.
Umuman olganda, Oʻzbekiston hududlari mahalliy tabiiy xomashyoni
chuqur qayta ishlash hamda yuqori texnologiyali innovatsion tovarlarni
ishlab chiqarish va xizmatlarni taklif etish hisobiga eksport hajmini
oshirish borasida keng imkoniyat va zaxiralarga ega.


5
.
Xulosa
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash,
u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat
mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma
xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat
bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar
asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston
Respublikasining «Mehnat Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining
Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat
Tashkilotining Konvensiyasida (54-bandida) ta’kidlanganidek,
“Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi
bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha
tashkiloti o’rtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b)
tadbirkorlar va mehnatkashlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
v) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning
tashkiloti yoki tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish
maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi

Vikipediya.uz(internet ensiklopediya) ma’lumotlari

Abdurahmonov Q. X., V.Imomov. O‘zbekistonda mehnat potensialidan
samarali foydalanish va uni boshqarish –T.: “Akademiya”, 2008.

Document Outline


Download 105.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling