Mehnat huquqi
Ish vaqti, dam olish vaqti, ta`tillar va ish haqi
Download 62 Kb.
|
Mehnat huquqi referat
3.Ish vaqti, dam olish vaqti, ta`tillar va ish haqi.
Ish-vaqti qonun bilan uning asosida belgilangan vaqt bo`lib, bu vaqt mobaynida xodim yoki mehnat tartibi asosida belgilangan qoidalariga muvofiq suratda, o`z mehnat vazifalariga mos ravishda xizmat burchini bajarishi lozim. Ish vaqtining muddati muhim mehnat sharoitlaridan biri bo`lib, barcha mehant qiluvchilarga dahldor. Shuning uchun ham qonun sutka va hafta davomidagi ish vaqti muddati normasini normal, qisqartirilgan, to`liqsiz, normalanmagan va hokazo qilib belgilaydi. Ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan oshiq bo`lishi mumkin emas. Ish haftasi bir va ikki dam olish kunlari bilan besh kunlik, olti kunlik bo`lishi mumkin. Sutka davomidagi ish vaqti muddati ish kuni deb atalib, etti soatni tashkil etadi. Besh kunlik ich haftasida esa ishning muddati sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim(114-modda). Bayram(ishlamaydigan) kunlari arafasida ish kuni muddati ( smena) kamida bir soatga qisqartiriladi(121-modda). Mehnat sharoiti ishlab chiqarishning zararli omillari bilan birga kechadigan ishchi va xizmatchilar uchun, oliy va o`rta o`quv yurtlarining o`qituvchilari, muallimlari, tibbiy xodimlar, maktabgacha muassasalar xodimlari hamda katta ruhiy va aqliy mehnat sarflash talab etiladigan joylarda ishlovchilar uchun qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi(116,117,118-modda). Qonunga binoan tungi ish muddati bir soatga qisqartiriladi(soat 22dan ertalab 6ga qadar). 18 yoshga yetmagan shaxslarni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan vaqt bo`lib, bu nafaqat xodim ushun ahamiyatga ega bo`lgan hodisa bo`lmay, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan voqelikdir. Dam olish vaqtining quyidagi turlari mavjud: 1) ish kuni davomidagi dam olish vaqti; 2) ish kunlari orasidagi dam olish vaqti; 3) ish haftalari o`rtasidagi dam olish vaqti (dam olish kuni); 4) bayram kunlaridagi dam olish vaqti; 5) yillik mehnat ta`tili. Dam olish kunlarida ishlatish taqiqlanadi. Xodimlarni ular dam oladigan kunlari ishga jalb etish mehnat qonunchiligi yo`l bergandagina amalga oshiriladi(220,228,245-modda) va buning uchun alohida kompensatsiya va haq to`lanadi(157-modda). Ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishga ikki hissadan kam bo`lmagan miqdordagi haq to`lanadi. Xodimning roziligi bilan boshqa dam olish kuni (otgul berish) berish yo`li bilan ham hal qilinishi mumkin. Yillik mehnat ta`tili xodimlar uchun kafolatlangan dam olish vaqtining asosiy shaklidir. Barcha xodimlarga ish joyi (lavozimi) saqlangan holda har yili 15 ish kunidan kam bo`lmagan miqdorda yillik mehnat ta`tili beriladi. Mehnat sharoiti zararli yoki noqulay joylarda qo`shimcha mehnat ta`tili berish, xodimlarning ayrim toifalariga (18 yoshga to`lmaganlar, nogironlar, maorif, sog`liqni saqlash va boshqa ayrim muassasalarning hodimlari va boshqalar) uzaytirilgan mehnat ta`tili berish nazarda tutilgan. Mehnat qonunchiligida xodimlarga oilaviy va boshqa sabablarga ko`ra ijtimoiy ta`til berish ham belgilangan bo`lib, ularga quyidagilar kiradi: 1. Ish haqi saqlangan holdagi; 2. Homiladorlik va farzand ko`rish; 3. Bolani parvarishlash davri uchun; 4. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta`lim olayotgan xodimlarga beriladigan o`quv ta`tili; 5. Ijodiy ta`til. Mehnat qonunchiligida xodimlar va ularning oila a`zolari huquqlarini himoya qilish maqsadida ish haqininigeng kam miqdori belgilab qo`yilgan(155-modda). Bu miqdor narx-navoning oshib borishiga qarab indeksatsiyalanib, oshirib boriladi. Ish beruvchi o`zining moliyaviy holatidan qat`i nazar xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan muddatlarda to`lashi shart. Mehnat shartnomasining taraflar kelishuvi bilan belgilangan mehnat haqi miqdori jamoa shartnomasi yoki kelishuvida o`rnatilgan miqdordan kam bo`lishi mumkin emas(154-modda). Mehnatga haq to`lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o`zgartirishga uning roziligisiz yo`l qo`yilmaydi. Istisno tariqasida o`zgartiriladigan bo`lsa bu haqda xodim kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi lozim(156-modda). Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling